AZIMOV Sodiq Azimovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AZIMOV Sodiq Azimovich haqida malumot bilib oling.

AZIMOV Sodiq Azimovich (1914.7.11 — Toshkent — 1988.21.12) — fizik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1962), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1964), fizika-mat, fanlari d-ri (1955), prof. (1958). Oʻrta Osiyo davlat un-tini tugatgan (1940). Oʻrta Osiyo politexnika in-tida ishlagan (1940—45), Oʻzbekiston FA Fizika-texnika in-ti lab. Mudiri (1948—56), direktor oʻrinbosari (1956-58), direktori (1958-62; 1966-88), Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi in-ti direktori (1962—66), «Fizika — Quyosh» IICHB bosh direktori (1986-88). Oʻzbekiston yadro fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi, yarimoʻtkazgichlar fizikasi va yuqori t-rali geliomaterialshunoslikka asos solgan va bu sohalarni rivojlantirgan olimlardan biri. Azimov oʻzi ishlab chiqqan usul yordamida kosmik nurlar tarkibida mezonlarga daxlsiz elektron va fotonlar mavjudligini isbotladi (1948). Pomir togʻi tepasidagi st-yada (dengiz sathidan 3900 m bal.) A. uz xodimlari bilan birgalikda kosmik nurlar va yadrolarning oʻzaro taʼsirini oʻrganish borasida olib borgan ilmiy izlanishlar elektronyadro oqimlarini kashf etish imkonini berdi. Azimov elektron-yadro jalalarini va yadro zarrachalari singishni tadqiq etgan. U oʻta yuqori energiyali 1012 — 1013 ev) yadro jarayonlari oʻrganiladigan togʻ st-yasi qurilishini tashkil etdi. Azimov rahbarligida Oʻzbekiston FA fizikatexnika in-tida quyosh nuri energiyasidan foydalanish usuli asosida oʻta sof yarimoʻtkazgich materiallar olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqildi hamda 1987-y. da Parkent tumanida 1 megavatt quvvatga ega konsentratori bor noyob quyosh pechi barpo etildi. Azimov yadro fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi va yuqori t-rali geliomaterialshunoslik ilmiy maktablariga asos soldi. U 14 fan d-ri va 70 dan ziyod fan nomzodini tarbiyalab, yetishtirdi. Ular hozir ham «FizikaQuyosh» IICHB da, Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi in-tida va Oʻzbekiston milliy un-tida xalqaro darajadagi ilmiy va amaliy tadqiqotlarni faol davom ettirmoqdalar. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). «Fizika-Quyosh» IICHB ga va Toshkent sh. ning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi koʻcha va maktabga uning nomi berilgan.

Ad.: Bekjonov R. B., Oʻzbekiston yadro fizikasi tarixi, T., 1994; Xudoyberdiyev R., Hakim Saʼdulla, Atom qaʼriga sayohat, T., 1996.

Ensiklopediya.uz
AZIMOV Sodiq Azimovich