AZIMOV Sarvar Olimjonovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AZIMOV Sarvar Olimjonovich haqida malumot bilib oling.

AZIMOV Sarvar Olimjonovich (1923.20.5, Jizzax – 1994.3.11, Toshkent) — yozuvchi, jamoat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973). Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1983). Filol. fanlari d-ri (1968). Oʻrta Osiyo davlat un-tini tugatgan (1946). Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tida ilmiy xodim, sektor mudiri, direktor oʻrinbosari (1948 — 55). OʻzKP MK fan va madaniyat boʻlimi mudiri (1955—56). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi birinchi kotibi (1957-58, 1980-85), Oʻzbekiston SSR madaniyat vaziri (1958 — 59), Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari va Oʻzbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri (1959-69, 1988-91). Sobiq SSSRning Livandagi (1969—74), Pokistondagi (1974—80) favqulodda va muxtor elchisi. Azimov pyesalar («Qonli sarob», 1964; «Yulduzlar jamoli», 1966; «Zamon dramasi», 1968), qissalar («Kamalak», 1964; «Ikki dil — ikki olam», 1967), hikoyalar, kinossenariylar muallifi. U adabiy jarayon masalalariga bagʻishlangan adabiy-tanqidiy va publitsistik maqolalar yozdi. Hamid Olimjon ijodini tadqiq etdi.

As: Saylanma, 2 jildli, T., 1988.

Ensiklopediya.uz
AZIMOV Sarvar Olimjonovich