
AZIMOV Asad Vahobovich haqida malumot bilib oling.
AZIMOV Asad Vahobovich (1927.6.10, Andijon — 1995.23.11, Toshkent) — opera xonandasi (lirik tenor). Oʻzbekiston xalq artisti (1978). Abduvahob Azimovnit oʻgʻli. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1953). Muqimiy teatri (1941—43), Uygʻur musiqali drama teatri (1943—46), Andijon teatri (1946—47)da artist. Navoiy teatri solisti (1953-85). 1966—70 y. lar Toshkent konservatoriyasi, 1960—66 va yana 1970-y. dan Toshkent sanʼat in-ti vokal kafedrasida oʻqituvchi, kafedra mudiri (1975—86). Oʻzbek, rus va Gʻarbiy Yevropa kompozitorlarining operalarida 50 ga yaqin asosiy partiyalarni (baʼzilarini Oʻzbekistonda ilk marotaba) ijro etgan: Tohir (T. Jalilov, B. Brovsin, «Tohir va Zuhra»), Furqat (M. Ashrafiy, «Shoir qalbi»), Yoʻlchi (R. Hamroyev, «Zulmatdan ziyo»), Nodir (J. Vize, «Marvarid qidiruvchilar») va b. Ovozi noziq, lirik talqin ustasi. Konsert repertuarida oʻzbek, tojik, rus va b. xalqlar qoʻshiqlari bor.
Ensiklopediya.uz
AZIMOV Asad Vahobovich