AZFARIY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AZFARIY haqida malumot bilib oling.

AZFARIY (taxallusi; asl ismi Mirza Alibaxt) (1760, Dehli — 1819, Madras) — shoir, olim, tarjimon. Boburiylar sulolasidan. Musiqa, harb va tabobat ilmini mukammal oʻrgangan, turkiy, urdu, forsiy va arab tillarida ijod qilgan. 3 devoni, «Voqioti Azfariy» va b. tarixiy-biografik asarlari; «Farhangi Azfar,:y» («Azfariy lugʻati»), «Mezoni turkiy», «Nasabi turkiyi chigʻatoyi», «Nasabi turkiy» kabi 15 dan ortiq kitoblari bor.

Ularda bobo til (turkiy til) va uning grammatikasini oʻrganishga daʼvat etgan, uning lugʻaviy boyligini namoyish qilgan. Navoiyning «Mahbub ulqulub» va Boboʻrning «Aruz risolasi»ni «Aruzzoda» nomi bilan fors tiliga nazm va nasrda tarjima qilgan. «Aruzzoda»ning 1836-y. da kotib Mahmudali Sayd koʻchirgan qoʻlyozmasi Madras davlat sharq qoʻlyozmalari kutubxonasida saqlanadi.

Ensiklopediya.uz
AZFARIY