AYSBERG haqida
:AYSBERG:AYSBERG haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Aysberg (nem. Eisberg, inglizcha: iceberg, gollandcha isberg, bu so‘z skandinaviyaliklar tiliga mansub), muztog‘ — okean, dengiz va muzlikka yaqin ko‘llarda suzib yuruvchi yoki sayozliklarga o‘tirib qoluvchi katta muz tog’i. Suvga tushib kelayotgan quruqlik muzliklari suvning gidrostatik bosimi, suv qalqishi, oqimlar, shamol ta’siri-da sinib, A. bo‘lib qoladi. A. asosan, Antarktika, Kanada Arktika arxipelagining shim. orollari, Grenlandiya qirg‘oqlarida vujudga keladi. Muz hamda suvning zichligiga qarab, A.ning 5/6 dan 9/10 gacha qismi suv ostida bo‘ladi. Suv ustidagi qismining balandligi Arkti-kada 70 m gacha, Antarktikada 100 m gacha, uz. 1—2 km li, eni 500 m li mayda va uzunligi bir necha o‘n km li yirik A.lar bo‘ladi. A. Shim. yarim sharda 40—50° sh. klargacha, Jan. yarim sharda 45—60° j. k.largacha uchrashi mumkin. A. kemalar qatnovi uchun xavfli.
AYSBERG haqida