AYSBERG haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AYSBERG haqida malumot bilib oling.

AYSBERG (ing. iceberg, gollandcha isberg, bu soʻz skandinaviyaliklar tiliga mansub) , muztogʻ — okean, dengiz va muzlikka yaqin koʻllarda suzib yuruvchi yoki sayozliklarga oʻtirib qoluvchi katta muz. Suvga tushib kelayotgan quruqlik muzliklari suvning gidrostatik bosimi, suv qalqishi, oqimlar, shamol taʼsirida sinib, Aysberg boʻlib qoladi. Aysberg asosan, Antarktika, Kanada Arktika arxipelagining shim. orollari, Grenlandiya qirgʻoqlarida vujudga keladi. Muz hamda suvning zichligiga qarab, Aysbergning 5/6 dan 9/10 gacha qismi suv ostida boʻladi. Suv ustidagi qismining balandligi Arktikada 70 m gacha, Antarktikada 100 m gacha, uz. 1—2 km li, eni 500 m li mayda va uzunligi bir necha oʻn km li yirik Aysberglar boʻladi. A. Shim. yarim sharda 40—50° sh. klargacha, Jan. yarim sharda 45—60° j. k. largacha uchrashi mumkin. Aysberg kemalar qatnovi uchun xavfli.

Ensiklopediya.uz
AYSBERG