Ayrim xotin-qizlarga ajratiladigan ta’lim kreditlari uchun garov talab etilmaydi to’liq malumot oling
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta’lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
Ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng ettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi (grade point average):
«3» dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit to‘lov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan to‘langandan keyin ajratiladi;
«3» va undan yuqori bo‘lgan taqdirda va (yoki) «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan oilalarning ta’lim olayotgan a’zolari uchun ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.
Foydali Maslahatlar
Ayrim xotin-qizlarga ajratiladigan ta’lim kreditlari uchun garov talab etilmaydi