Ayrim maktab direktorlari haqida
Ayrim toifa maktab direktorlari bor. Maktabni o’z shaxsiy tomorqasi deb o’ylaydi. O’qishni bitirib, biror yangi hodim ish so’rab kelsa, bir nima shartlar aytib, falon qiberasan piston oberasan, xona beraman bezatasan (huddi qaynona kelin tomonga shart qo’yganday) deb shartlarini aytib keyin ishga oladi. Shundaylarga aytmoqchiman, maktab otangizdan qolgan shaxsiy mulkingiz emas. Sizni bu o’ringa davlat qo’ygan. Siz ham bu makonda, hamma qatori oylik olib ishlaydigan, ish o’rni umrbod kafolatlanmagan, boshqalarga nisbatan biroz ko’proq ma’suliyatga ega bo’lgan bir hodimsiz xolos! O’qituvchiyu, ishchilarni oyligini siz bermaysiz, davlat beradi. Tak chto, sizni u oylikka bir nimalar oldirishga haqqingiz yo’q! U oylikni o’qituvchi dars o’tgani uchun, o’ziga yuklatilgan vazifalarini ado etgani uchun oladi. Siz bor bo’lsangiz ham, yo’q bo’lsangiz ham o’sha oylikni olaveradi. Huddi o’zizni sandig’izdan pul sanab berayotganday tutmang o’zizni! Qanchadan-qancha zo’r-zo’r, kelajagi bor, iqtidori bilimi bor, yosh, serg’ayrat o’qituvchilarni shunaqa «o’yin»lariz bilan ishdan ko’nglini sovutib, ketkizib yuborib, o’rniga «alif»ni bilmaydigan amma xolangizni qizini yoki sizga nimadir va’da qilgan Toshboltani o’g’lini ishga olib, maktabdagi o’quvchilarni savodini keskin pasaytirishda, ta’limni o’ldirishda, yashirinib yotgan haqiqiy iqtidorlarni «ko’mish»da eng katta ayb sizniki! Qonunni amallab chetlab o’tarsiz, lekin u dunyodagi har bir hodim, har bir o’quvchi va ulardan ulkan natija kutgan har bir ota-ona uchun bo’ladigan savol-javobni chetlab o’tolmaysiz! Boshqalardan qolgan o’rin sizdan ham qoladi! Bank rahbari xato qilsa, o’sha bank nari borsa qanchadir summa zarar ko’radi. Shifokor xato qilsa, bir necha o’nlab bemor aziyat chekar. Lekin sizni qilmishlariz avlodlarni harob qiladi!
Bir nima ortirish ilinjida emas, o’sha siz rahbarlik qiladigan maktabda hamma sharoitlarni qilish, hodimlaringiz-u, ota-onalarni rozi qilish, o’quvchilarni bilimli, ilmga chanqoq qilib tarbiyalash ilinjida ishlasangiz, sizdan shu narsa qoladi! Asli vazifangiz ham shu emasmi?!
Ko’rildi: 237
Darsliklar
Ayrim maktab direktorlari haqida