Ayrim dori-darmonlar va ularning arzon analoglari to’liq malumot oling
Ko‘pchiligimizning farmakologiya sohasida bilimimiz yo‘qligi uchun retseptda yozilgan dori darmon haqida ma’lumotga ega emasmiz, vrach tomonidan yozib berilgan dorilarni dorixonalardan shundayini olish kerak ekan deb, sotib olaveramiz.
Vrach yoki dorixona xodimi gohida dorini boshqa nomdagi arzonroq turini olishni maslahat berishlari mumkin, lekin ming afsular bo‘lsinki, dori-darmon ishlab chiqaruvchi va tarqatuvchilar o‘zining mahsulotini sotilishi uchun vrach yoki dorixona hodimiga qo‘shimcha haq to‘lashlari mumkinlini ham e’tibordan qochirmaganimiz ma’qul. Bundan tashqari har kim o‘zini sog‘lig‘i uchun hech narsasini qizg‘onmaydi ham.
Bu yerda qarama-qarshi savol paydo bo‘ladi: nima uchun bizga taklif qilinayotgan arzon dori vositalari nimasi bilan yaxshi va nima uchun arzon?
Farmakologiyada «jenerik» (inglizcha — generic drug) degan tushuncha mavjud, bu doridagi ta’sir qiluvchi moddaning patent himoyasi tugagan dori vositalariga qo‘llaniladi atama, ya’ni bir xil moddadan tashkil topgan ishlab chiqaruvchi firma nomi ostida sotilayeyotgan va jenerik hisoblangan (masalan, «Aspirin» — Bayer savdo belgisi; jenerik — atsetilsalitsil kislotasi).
Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga qaraganda, jeneriklarning ta’siri, «asl» dorilardan farq qilmaydi.
Shuning uchun ro‘yxatda keltirilgan dori-darmonlarning tarkibi bir xil yoki juda yaqin, faqatgina narxida farq bo‘lishi mumkin holos.
1. Ambrogeksal = Ambroksol
2. Bepanten = Dekspantenol
3.Voltaren = Diklofenak
4. Gastrozol = Omeprazol
5. Diflyukan = Flukonazol
6. Zantak = Ranitidin
Ayrim dori-darmonlar va ularning arzon analoglari
7. Immunal = Exinatsei ekstrakt
8. Imodium = Loperamid
9. Yodomarin = Kaliya yodid
10. Lazolvan = Ambroksol
11. Magne V6 = Magnelis V6
12. Mezim = Pankreatin
13. Miramistin = Xlorgeksidin
14. Movalis = Meloksikam
15. No-shpa = Drotaverina gidroxlorid
16. Nurofen = Ibuprofen
17. Panadol = Paratsetamol
18. Pinosol = Evkasept
19. Fastum gel = Ketoprofen
20. Enap = Enalapril
Boshqa mavzular
Ayrim dori-darmonlar va ularning arzon analoglari