AYOZKOʻL haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AYOZKOʻL haqida malumot bilib oling.

AYOZKOʻLSulton Uvays togʻlarining sharqiy etagidagi koʻl. Ayoz qalʼa balandligi (170 m) va Koʻkcha balandligi (169 m) oraligʻida. Mutlaq bal. 91 m. Toʻrtkoʻl va Ellikqalʼa tumanlaridan qaytgan zovur suvlari hisobiga 80-y. larning boshlarida vujudga kelgan. Uz. 20—25 km, eni 4 km, oʻrtacha chuq. 1,5—2 m. Qirgʻoqlari va koʻlning bir qismi qamishzorlar bilan band. Suvi tiniq, minerallashuv darajasi 1 l suvda oʻrtacha 10—12 g va undan ortiq. Baliqchilikda foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
AYOZKOʻL