
AYOZ QALʼA haqida malumot bilib oling.
AYOZ QALʼA — mil. 2—4-a. larga oid uchta qalʼa xarobasidan iborat arxeologik yodgorliklar majmuasi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tuma-nida joylashgan. Ayoz qalʼani Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi topib (1937), unda arxeologik qazishmalar olib bordi. Bu majmuadagi uchinchi qalʼa mufassalroq oʻrganildi. Uning sahni 260×180 m boʻlib, hovli va 40 xonali binodan iborat. Xonalarining umumiy mayd. 2400 m2. Xona devorlari toʻrt burchakli xom gʻishtdan terilgan. Ayoz qalʼa majmuasida, asosan Kushon podsholigi davriga doir sopol, mehnat qurollari, qurol-yarogʻlar, zeb-ziynatlar va tangalar, jumladan, Kanishka pullari topildi. Ayoz qalʼa oʻz davrida Xorazmning shim.sharqiy chegarasida mustahkam istehkom vazifasini oʻtagan.
Ad..Tolstov S. P., Drevniy Xorezm, M., 1948; Tolstov S. P., Po sledam drevnexorezmiyskoy sivilizatsii, M., 1948.
Ensiklopediya.uz
AYOZ QALʼA