Ayolning homiladorlik davrida er sudga ajrashish uchun ariza berishi mumkinmi ?
🔴 Ayolning homiladorlik davrida er sudga ajrashish uchun ariza berishi mumkinmi ? Savol; Men homiladorman. Oilamda notinchlik va turmush o‘rtog‘im kelishmovchiliklar sababli men bilan ajrashmoqchi. Men ajralishga qarshiman. Meni roziligimsiz turmush o‘rtog‘im sudga ariza berishi to‘g‘rimi ? Javob; Oila kodeksining 39-moddasiga ko‘ra, xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinning roziligisiz nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga haqli emas ❗️Demak yuqoridagi normaga ko‘ra turmush o‘rtog‘ingiz nafaqat xozirgi homiladorlik paytingizda qolaversa bola tug‘ilganidan keyin bir yil davomida ajrim uchun sizni roziligingiz bo‘lmay turib ish qo‘zg‘atishga haqli emas.Ayolning homiladorlik davrida er sudga ajrashish uchun ariza berishi mumkinmi ?
DO`STLARGA ULASHING:
Ayolning homiladorlik davrida er sudga ajrashish uchun ariza berishi mumkinmi ?