Ayollarda jinsiy mayl buzilishlari – frigidlik va nimfomaniya

Ayollarda jinsiy mayl buzilishlari – frigidlik va nimfomaniya

Ayollarda jinsiy mayl buzilishlari – frigidlik va nimfomaniya

DO`STLARGA ULASHING:

Frigidlik — ayollarda jinsiy maylning susayishidir. Bu erkak va ayol oʻrtasida oila mustahkamligini saqlovchi muhim omilni yoʻqqa chiqarishi mumkin. Bugun sahifamizda ayollarda jinsiy mayl buzilishlari – frigidlik va aksincha jinsiy maylning haddan ortishi mavzularida sirlashamiz.

Ayollardagi jinsiy hayotga aloqador buzilishlarga endokrin tizim ham sabab boʻladimi?

— Ayollardagi bir qancha muammolar aynan endokrin buzilishlar oqibatida roʻy beradi. Masalan, frigidlik estrogen gormoni taqchilligidan kelib chiqib, qinning quruqligi, jinsiy yaqinlik ayolda ogʻriqli kechishiga sabab boʻladi. Shuningdek, vaginizm (jinsiy yaqinlikdan avval qin mushaklarining qisqarishi) ham estrogenning quyi darajasi va shilliq qavatlar quruqligi bilan xarakterlanadi.

Ayollarda jinsiy mayl buzilishlari – frigidlik va nimfomaniya
Ayollarda jinsiy mayl buzilishlari – frigidlik va nimfomaniya

Endometrioz, bachadonning notoʻgʻri joylashuvida uchraydigan ogʻriqli jinsiy yaqinlik ham anorgazmiya (jinsiy yaqinlikdan rohatlanmaslik) va jinsiy mayl susayishiga olib keladi.

Ayollarda tugʻruqdan keyin frigidlik tugʻish paytida turli jarohatlar natijasida qin sezuvchanligining pasayishidan yuzaga kelishi mumkin. Sogʻlom ayolda homilador boʻlib qolishdan qoʻrquv hissi ham jinsiy maylni susaytirib, orgazmga yoʻl bermaydi.

Tuxumdon va buyrak ostidagi oʻsmalar taʼsirida erkaklik gormoni (testosteron) darajasining ortib ketishi, aksincha jinsiy mayl ortishiga yoki jinsiy disfunksiyaga sabab boʻlishi mumkin. Jinsiy maylning ortib ketishi miyaning organik zararlanishi — neyroinfeksiyalar, bosh miyaning travmatik kasallanishi, miya oʻsmalari, giyohvand moddalardan zaharlanish natijasida ham yuzaga kelishi mumkin.

Frigidlikni gormonal preparatlar yordamida bartaraf etish mumkinmi?

— Frigidlik ginekologik muammolar sabab yuzaga kelgan boʻlsa, gormonal holatni muvozanatlashtiruvchi dorilar ichish tavsiya etiladi. Yoki homiladorlikdan saqlovchi kontratseptiv vositalar ham qoʻrquvni yengib, risoladigidek jinsiy hayotni tiklashda yordam beradi. Baʼzi hollarda qin kontratsepsiyasi bu boradagi qiyinchiliklarni bartaraf etishda qoʻl keladi. Sababi bunda qin quruqligi yoʻqoladi.

Jinsiy maylning ortib ketishi ham gormonal muvozanatning buzilishi yoki ginekologik kasalliklar oqibatida yuzaga kelishi mumkinmi? Buni davolash kerakmi?

— Jinsiy maylning ortib ketishi ginekologik buzilish sanalmaydi. U oliy asab faoliyati va bosh miyadagi toʻliq oʻrganilmagan jarayonlarga bogʻliq. Jinsiy mayl meʼyori ham hammada har xil. Biroq bu ayolda turli noqulayliklar tugʻdirayotgan boʻlsa, albatta mutaxassislarga murojaat qilishi kerak.

ЎҚИНГ:   Jinsiy yaqinlik. Nozik munosabatlarda istaklarning bo‘linishi

Jinsiy mayl kuchli boʻlsa-da, jinsiy hayotdan qoniqmaslik ham jinsiy yoki endokrin tizim oʻzgarishlariga bogʻliqmi?

— Jinsiy maylning kuchliligi ayolning aziyat chekishiga sabab boʻlsa, bu ruhiy patologiyalar mavjudligini bildiradi. U “nimfomaniya” deya nomlanib, ayollar seksopatologiyasi mutaxassislari tomonidan oʻrganiladi. Biroq bunda ginekolog-endokrinolog aralashuvi ham zarur. Chunki jinsiy maylning ortib ketishiga, yuqorida aytganimizdek, gormonlar taʼsir qilgan boʻlishi mumkin.

Jinsiy mayl ortishi yoshga bogʻliqmi?

— Jinsiy mayl ayollarda yoshidan qatʼi nazar, yana bir muhim jihat — jinsiy hayotni boshdan kechirgan yo kechirmaganiga bogʻliq boʻlmagan holda mavjud. Shuningdek, yuqori jinsiy mayl homiladorlik davrining birinchi trimestrida ham kuzatilishi mumkin. Shuning uchun oʻzingizda jinsiy hayotga doir muammolar boʻlsa, uyalmasdan mutaxassislarga murojaat qiling.

Shahvoniy buzilishlarni psixoterapiya bilan davolash mumkinmi?

— Avvalo shahvoniy buzilishlar odatda gormonal, somatik kasalliklar taʼsiridagi yoshga bogʻliq oʻzgarishlar, emotsional kayfiyat, stress, ruhiy bosim va shunchaki bu borada bilimsizlikdan kelib chiqadi. “Haqiqiy frigidlik”dan juda kam ayollar aziyat chekadi. Qolgan holatlar “yolgʻon frigidlik” yoki disgamiya deya yuritilib, bunda koʻpincha juftlikning bir-birini qoniqtirish “tili”ni bilmasliklari sabab boʻladi. Ayniqsa psixogen frigidlik koʻp uchraydi. Bunda ayolning (koʻp hollarda jinsiy hayotni endi boshlagan) xohish-istaklari erkakning qoʻpol harakatlari, oʻzining ortiqcha tortinishi, homilador boʻlib qolishdan qoʻrqishi, turli oʻy-xayollarga berilishi, noqulay shart-sharoit tufayli tormozlanadi. Ushbu holatlarga chek qoʻyilsa, hech qanday dori-darmonsiz ham zarur natijalarga erishish mumkin.

Jinsiy jihatdan bir-biriga nomutanosib juftliklar boʻlishi mumkinmi?

— “Yolgʻon frigidlik” turli temperament, tarbiyadagi oʻziga xosliklar, joizlilik chegarasi haqidagi tasavvur, turli-tumanlilik, chastota kabilarga bogʻliq holda yuzaga keladi. Ammo oʻzaro tushunish, mehr-muhabbat bor joyda feʼ-atvor va mentalitetdagi “men”likni yengish mumkin.

 

Ayollarda nimfomaniya koʻp uchraydimi?

— Bunday nozik mavzuda aniq statistika keltirish mahol. Qolaversa, giperseksuallik mezonlari ham aniq emas. Biroq avvalgi adabiyotlarda 2.500 nafardan bittada nimfomaniya kuzatilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi qaydlar bor. Bu ayolning millati yoki yashash joyiga koʻra farqlanmaydi.

ЎҚИНГ:   Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish mumkinmi? (Ginekolog maʼlumoti)

Jinsiy mayl buzilishlari holatining meʼyor va patologiya chegarasi bormi?

— Ayolga sutkasiga 2 marotaba jinsiy qoniqish hissi zarur boʻlsa va ayol salomatligida bu bilan bogʻliq noxush holatlar kuzatilmasa, demak, hammasi joyida. Mabodo bu mayl atrofdagilarga, ijtimoiy hayotga salbiy taʼsir qilsa, albatta mutaxassislarga murojaat qilish lozim.

Bu boradagi muammolar feʼl-atvor va temperamentga bogʻliq emasmi?

— Nimfomaniya baʼzi shaxs toifalarida — isteriod yoki epileptoidlarda koʻp uchraydi. Isteroidlar (ayniqsa oʻsmir qizlar) jinsiy yaqinlikni muhabbat, tan olish, yaxshi koʻrish maʼnosida qabul qilishadi. Epileptoid shaxslar esa miyadagi strukturaviy oʻzgarishlar natijasida tabiatan shunday boʻlishadi.

Nimfomaniya tugʻma oʻziga xoslikmi, yoki?…

— Har bir insonda shahvoniylik shakllanishiga taʼsir qiluvchi omillar juda koʻp: irsiyat, tarbiya va hokazo. Bolani ortiqcha erkalash uning kelajakdagi jinsiy hayotiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Yoki oʻz-oʻziga past baho berish, oʻzini toʻla-toʻkis deb bilmaslik, imkoniyatlarini chegaralash ham ruhiy giperseksuallikka, jinsiy mayl buzilishlari kabi salbiy holatlarga sabab boʻlishi mumkin.

Giperseksuallikdan aziyat chekuvchi ayol qanday chora koʻrishi kerak?

— Jinsiy mayl buzilishlari holati sizni bezovta qilsa, birinchi galda psixoterapevt bilan maslahatlashing. Agar zarur boʻlsa, sizni ginekolog, endokrinolog, urolog kabi shifokorlarga yuborishadi.

Ishqiy munosabatlar va qandli diabet

Qandli diabetning har ikki turi (insulintalab va insulintalab boʻlmagan) ham erkakda, ham ayolda jinsiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Gap shundaki, jinsiy yaqinlik uchun organizm juda koʻp (600 kilokaloriya) energiya sarflaydi va bu qonda qand miqdorining keskin oʻzgarishini keltirib chiqaradi.

  • Agar qonda qand darajasi past va oshqozon boʻsh boʻlsa, jinsiy yaqinlik gipoglikomiya bilan tugaydi. Bu esa qator asoratlarni keltirib chiqaradi.
  • Qondagi qand darajasi baland boʻlsa, bu, birinchidan, insonning jismoniy faolligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi va jinsiy maylni susaytiradi. Ikkinchidan, toʻqimalar namlikni yoʻqotib, tabiiy shilliq ajralmaydi va jinsiy yaqinlik kutilgan natijani bermaydi.
ЎҚИНГ:   Zahm (sifilis) qaytalaydimi?

Ekspert: Lola Ahrorova, seksopatolog .
Manba: “Sugʻdiyona” gazetasi.

Ayollarda jinsiy mayl buzilishlari – frigidlik va nimfomaniya