Ayollarda bepushtlik — tasnifi, belgilari, sabab va omillari, ayollarga tavsiyalar

Ayollarda bepushtlik — tasnifi, belgilari, sabab va omillari, ayollarga tavsiyalar

Ayollarda bepushtlik (ayol infertilligi) — jinsiy yetuk yoshdagi ayollarning bir yil davomida tug’ruq a’zolariga sun’iy yoki tabiiy yo’l orqali muntazam ravishda yashovchan, faol spermatozoidlarning kirib borishi natijasida homilador bo’la olmasligi tushuniladi. Shuningdek homiladorlik har doim homila tushishi bilan kechsa ham bepushtlik tashxisi qo’yiladi. Bepusht nikoh 10-20% hollarda qayd qilinadi.

Bepushtlik nima?

svg%3EAyollar bepushtligi

Ayollardagi bepushtlikni homiladorlikni ko’tara olmaslik bilan adashtirmaslik kerak, chunki ko’tara olmaslikda yetilgan ootsit spermatozoid bilan muvaffaqiyatli urug’lantiriladi, biroq homiladorlik embrionogenez bosqichida tugaydi, bu abort yoki homila tushishi natijasidir.

Agar ayol jinsiy sherigida laboratoriya usullari bilan yashovchan bo’lmagan, zaif spermatozoidlar aniqlansa yoki ular umuman bo’lmasa, u holda ayol bepusht hisoblanmaydi.

Bepushtlik muammosi. Bepushtlik muammosi bir necha asr muqaddam oldinga qaraganda hozir ancha jiddiy. Jinsiy inqilob jiddiy javobgardir, hech bo’lmaganda u yuqumli kasalliklarni tarqatishi tufayli. Va yoshlarda farzand ko’rish istagi tobora kamayib, homiladorlik kechiktirilishi tobora ortib bormoqda. Agar barcha bepusht juftliklarni 100% deb olsak, 33,3% juftliklarda erkak bepusht, 33,3% juftliklarda ayol bepusht va qolgan juftliklarda har ikki tomon ham bepusht bo’ladi.

Bepushtlik sabablari jinsiy tizim rivojlanishi nuqsonlari, jinsiy a’zolarning funktsiyalari buzilishi, organizmning qattiq zaharlanishi va umumiy kasalliklar, shuningdek, ruhiy va nevrologik kasalliklar bo’lishi mumkin. Bepushtlik o’zi alohida kasallik hisoblanmaydi, u har doim tananing boshqa turli kasalliklar natijasida yuzaga keladi. Ayol bepushtligining asosiy sababi yallig’lanishli kasalliklar hisoblanadi.

Hayz sikllari fiziologiyasi

Bepushtlik normal va buzilgan hayz sikllarida ham bo’lishi mumkin. Ayollarning tabiiy hayz sikli 21-35 kun davom etadi va ketma-ket uch bosqichdan iborat.

  1. Follikulyar bosqich — tuxum hujayraning yetilishi (kamida 7 kun va 22 kundan oshmaydi);
  2. Yetilgan ootsitning yetilishi va ozod bo’lishli ovulyator bosqich, fertil davrning boshlanishi;
  3. Lyuteinli — katabolizm, sariq tana bosqichi (13 — 15 kun).

Ovulyatsiyadan bir necha kun oldin va keyingi vaqt fertil davr (bosqich) deb ataladi, bu davrda homilador bo’lish eng yuqori ehtimollikda bo’ladi. Bu davrga qadar va undan keyin homiladorlik sodir bo’lishi mumkin emas! Biroq, turli ayollarda bu bosqich hayzning turli davrlarida sodir bo’lishini tushunish lozim. Agar sikl homiladorlik bilan yakun topmasa, demak, organizm estrogen ta’siri ostida keyingi davr uchun tayyorlanmoqda.

Bepushtlik tasnifi

Bepushtlik bo’ladi:

  • Birlamchi — homiladorlik biron marta sodir bo’lmagan (tug’ma ginekologik anomaliyalar) yoki (ayollar jinsiy a’zolari asoratlari) menarxedan (birinchi menstrual qon ketishdan) oldin yoki keyin;
  • Ikkilamchi — birinchi muvaffaqiyatli homiladorlikdan so’ng takror urug’lantirish sodir bo’la olmaslik, mutlaq (bedavo) yoki nisbiy (davosi bor) bo’lishi mumkin.

Ayollar jinsiy sohasi fiziologiyasi va patofiziologiyasi tadqiqlariga bag’ishlangan ayrim manbalarda, bepushtlik tushunchasi quyidagi turlari bilan to’ldiriladi:

  • Fiziologik. Erta yoshlarda (balog’atga yetishdan oldin) va post-klimakstik (menopauzadan keyin) davrda bepushtlik normal deb hisoblanadi.
  • Ixtiyoriy. Yoki ongli ravishda tanlangan bepushtlik — medikamentozlardan (dori-darmonlar qabul qilib homiladorlikni to’xtatish) yoki jismoniy (spiral, boshqa) apparatlardan foydalanish.
  • Vaqtinchalik. Uzoq muddatli stress, organizmning kasallikdan keyingi yoki kasallik davridagi zaifligi natijasida. Shuningdek, ba’zi mutaxassislar laktatsion amenoreya — muntazam emizishning boshlang’ich davrida ovulyatsiyaning tormozlanishini ham vaqtinchalik bepushtlik deya hisoblashadi.
  • Doimiy. Ayollar jinsiy a’zolarini butun yoki qisman olib tashlanishi, jarrohlik aralashuv natijasi hisoblanadi.

Ayollarda bepushtlik alomatlari va belgilari

Ayollardagi bepushtlikni ko’rsatuvchi eng muhim belgi bu homilador bo’lishiga qulay shart-sharoit mavjudligida bir yil yoki undan ortiq vaqt davomida homilador bo’la olmasligi, bunday sharoitlarga xususan:

  • Muntazam jinsiy aloqa;
  • Yaxshi spermogrammali jinsiy sherigi;
  • Kontratseptsiya vositalarining to’liq, uzoq rad etilganligi;
  • 20 — 45 yosh oralig’ida bo’lishi.

Bepushtlik ko’pincha patognomik (asosiy, aniq) alomatga ega emas va alomatlarsiz yoki bilvosita alomatlar bilan namoyon bo’ladi. Bepushtlik belgilari anamnez yig’ish, ko’rik, jismoniy, laboratoriya va instrumental tadqiqotlar yordamida aniqlanadi.

Anamnez

Muntazam sikl buzilishi bilan bog’liq aniq alomatlar o’rganiladi: uzoq yoki qisqa muddatli, og’riqli, ko’p qon ketishi, yot ajralmalar ajralishi bilan. Bepushtlik infektsion, noinfektsion va jarrohlik kasalliklarga xos bo’lgan bilvosita alomatlarga asoslanib taxmin qilinishi mumkin.

Jismoniy ko’rik

Klinikada jismoniy tekshiruvlarda bepushtlikning mumkin bo’lgan alomatlariga:

  • Tana massasi indeksi 20 dan kam yoki 26 dan ko’p;
  • Endokrin buzilishlari belgilari bilan terining va unumlarning holati;
  • Sut bezlarining qoniqarsiz rivojlanish darajasi;
  • Bimanual ginekologik palpatsiyada ayolning kichik tos organlarida og’riq, zichlanish belgilari;
  • Bachadon bo’yni vaginal oyna, kolposkopiya orqali ko’rilganda ginekologik kasalliklar alomatlari.

Laboratoriya va instrumental usullar

Laboratoriya va instrumental tadqiqotlar jarayonida bepushtlikning mavjudligini ko’rsatuvchi alomatlar quyidagilar bilan belgilanadi:

  • Jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar (JYYK) uchun infektsion skrining;
  • Endokrin bepushtlikni istisno qilish uchun gormonal skrining;
  • Ayolning kichik tos a’zolar, qalqonsimon bezining ultratovush tekshiruvi — gormonal bepushtlik;
  • Gisterosalpingografiya (GSG) — bachadon nayi o’tkazmasligi alomatlarini istisno qilish uchun rentgenologik tekshiruv;
  • Miya o’simtalarini (turk egatidagi) aniqlash uchun MRT — hayz siklini nazorat qiluvchi gormonlar ishlab chiqarishini sekinlashtirgan bo’lishi mumkin;
  • Kichik tos a’zolarini spiral kompyuter tomografiyasi (SKT) — bepushtlikning anatomik sabablari;
  • Laparoskopiya (qorin bo’shlig’i organlarining vizual tekshiruvi) — nay-peritoneal bepushtlik, yopishib qolishi, bachadon o’smalari, tuxumdonlarning retentsion kistalari;
  • Gisteroskopiya (bachadon bo’shlig’ining devorlarini tekshirish) — bachadon o’smalari, yallig’lanishi, bachadon devorlarining yaralari.

Ayollarda bepushtlik sabablari

Ayollarning bepushtligi — ko’plab muayyan sabablar (omillar) bilan bog’liq. Har doim ham sabablar aniq bo’lmaydi. Ba’zi hollarda ular tashxislanmaydi yoki bir-biri bilan birlashib, ayol tanasiga o’tkazadigan salbiy ta’sirni kuchaytiradi.

Agar bepushtlikning ma’lum sabablarini (omillarini) umumiylashtirsak, bir nechta yirik guruhlarni — bepushtlik sabablarini ajratsa bo’ladi:

  • Reproduktiv organlarning tug’ma anomaliyalari.
  • Reproduktiv organlarda orttirilgan, kelib chiqqan:
    • anatomik va morfologik o’zgarishlar;
    • funktsional buzilishlar;
    • modda almashinuvi muvozanatining buzilishi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar ayollar bepushtligining aniq (o’ziga xos) sabablarini aks ettiradi. 35 yoshdan keyin, ayniqsa, ilgari tug’magan ayollarda, bepushtlik xavfi oshib borayotgani kuzatilmoqda.

Bundan oldingi ginekologik kasalliklar bilan bog’liq bo’lmagan fertillik pasayishining ikkita sababi bor:

  • Yosh o’tishi bilan fiziologik jarayonlarning sekinlashishi;
  • Kontratseptivlardan uzoq muddat foydalanish.

Kontratseptiv vositalardan keladigan bepushtlik

Tibbiy adabiyotlarda gormonal kontratseptivlarni qo’llash to’g’risidagi qarama-qarshi fikrlar mavjud. Tarafdorlar gormonal kontratseptivlarni qabul qilishni bekor qilgandan keyin «rebound ta’siri» tufayli bunday vositalaridan foydalanish foydali ekanligini ta’kidlashadi. Ya’ni urug’lantirish jarayonini to’xtatuvchi omillarni bekor qilish, estrogenlarning keskin chiqarilishini rag’batlantiradi, shu tufayli homilador bo’lish ehtimolligi oshadi. Ba’zi holatlarda rostdan ham shunday bo’ladi.

Boshqa tomondan, kontratseptsiya vositalaridan uzoq muddat foydalanishdan keyin fertilizatsiya (urug’lantirish) vaqtinchalik yoki doimiy ravishda pasayishi hollari qayd qilingan. Shubhasiz, haqiqat ikkalasining o’rtasida. Gormonal preparatlarning salbiy ta’siridan qochish uchun ginekolog maslahatlariga amal qilish kerak. Kontratseptsiyaning turli usullarini birlashtirish mumkin, balki shunda ular bepushtlik sabablaridan biri bo’lmas.

Ayollarda ikkilamchi bepushtlik sabablari

Bepushtlikning sabablarini aniqlash uchun yordamga ko’proq ilgari muvaffaqiyatli ravishda homilador bo’lgan ayollar murojaat qilishadi. Uzoq vaqt mobaynida qayta homilador bo’la olmaslik ayollarning ikkilamchi bepushtligi deb ataladi. Agar homiladorlikdan ko’ngilli ravishda bosh tortish va yosh omilini hisobga olmasak, ikkinchi darajali bepushtlikning eng aniq sabablari — boshdan o’tkazilgan yuqumli kasalliklar, jumladan infektsion yoki noinfektsion etiopatogenezli ginekologik kasalliklardir.

Bepushtlik omillari

Bepushtlikning deyarli har doim ko’p sabablari (omillari) mavjud. Tadqiqot va klinik kuzatuvlar natijasida bepushtlikning omillari bir xil xususiyatlarni birlashtirish asosida tuzilgan (guruhlangan), ular quyidagilarga ko’radir:

  • Bepushtlikni keltirib chiqaradigan kasalliklarning patogenezini anatomik joylashuvi;
  • Organizmdagi patofiziologik jarayonlar tabiati (endokrin kasalliklar, jinsiy hujayralarni immunologik rad etish fenomeni);
  • Urug’lanishga to’sqinlik qiladigan genetik anomaliyalar;
  • Turli xil hayot sharoitlaridagi fertil yoshdagi ayollarning psixosomatik holati xususiyatlari;
  • Erkak bepushtligi omilining ta’siri.

Bepushtlikning bo’yin omili

Muvaffaqiyatli urug’lantirish uchun ayolning bachadoniga kamida 10 million faol spermatozoid kirishi kerak. Sog’lom ayolning vagina muhiti har qanday ayol organimziga begona agentlar uchun to’siq bo’ladi, xususan, spermatozoidlar uchun ham. Vaginitda qinda spermiylar nobud bo’lishining sabablari patologik jarayonlar bilan bog’liq. Normal muhit spermatozoidlar uchun mutlaq to’siq emas, faol hujayralar shilliq bilan qoplangan bachadon bo’yni bo’ylab harakatlanadi. Bachadon bo’yni devorlaridagi shilliq, epiteliya hujayralari tomonidan ishlab chiqariladi.

Spermatozoidaning servikal shilliq orqali o’tishi qobiliyati quyidagilarga bog’liq:

  • Spermatozoidlarning faolligi va harakatchanligi;
  • Servikal shilliqning fizik-kimyoviy xususiyatlari.

Patologiyalarda, shilliq xususiyatlari o’zgaradi va u hatto eng faol spermatozoidalar uchun ham to’siq bo’lib qoladi. Erkak jinsiy hujayralarining bachadon bo’ynini yengib o’tishga qodir emasligi — bepushtlikning bo’yin omili deb ataladi.

Bepushtlikning bachadon bo’yni omili (shilliq yopishqoqligining o’zgarishi, boshqa xususiyatlar) quyidagilar natijasi bo’lishi mumkin:

  • Ayol jinsiy gormonlar ishlab chiqarilishining buzilishlari;
  • Bachadon bo’ynida yallig’lanish jarayonlari;
  • Bachadon bo’yni shillig’ida mikrofloraning o’zgarishi.

Bepushtlikning nay omili

Bachadon nayi (fallopiy nayi) orqali yetilgan tuxum hujayra tuxumdondan bachadon bo’shlig’iga ko’chiriladi. Bachadon naylari shilliq qavati harakatchan epiteliya bilan qoplangan.

Tuxum hujayraningning harakatlanishi quyidagilar natijasida quyidagilar sodir bo’ladi:

  • Nay devorlarining peristaltik harakatlari;
  • Epiteliy kiprikchalarining tebranma harakati, natijada nay suyuqligi oqimi yuzaga keladi.

Kiprikchalarning shikastlanishi tuxum hujayraning nayda patologik birikishib qolishini, bachadondan tashqari homiladorlik xavfini keltirib chiqaradi. Eng katta salbiy ta’sir yetilgan tuxum hujayra uchun naylarning to’liq yoki qisman yopiqligi bilan bog’liq — bu bepushtlikning nay omilidir.

Fallop naychalarining obstruktsiyasi (o’tkazmasligi) bo’lishi mumkin:

  • Bachadon nayining distal (uzoq) bo’limida;
  • Bachadon naychalarining proksimal (yaqin) bo’limida;
  • Nayning butun uzunligi bo’ylab.

Obstruktsiyaning turlarini aniqlash ham tashxisiy ahamiyatga ega:

  • Qisman;
  • To’liq.

Nay o’tkazmasligi — bu bepushtlik omili nay bo’shlig’ining yallig’lanishli yopshib qolishi, o’smalar o’sishi, boshqa sabablarga ko’ra spazmi yoki yopilib qolishi natijasida kelib chiqadi. Nay o’takzmasligi va uning bo’shlig’ida suyuqlik yig’ilib qolishi bilan kechadigan bachadon nayi kasalligi — gidrosalpinks deb ataladi.

Gidrosalpinksning oddiy sabablari — quyidagi yallig’lanishlarning asorati hisoblanadi:

  • Fallopiy naychalari — salpingit;
  • Fallopiy naylari va tuxumdonlar — salpingo-ooforit;
  • Fallopiy, tuxumdonlar va boylamlar — adneksit (ortiqlarning yallig’lanishi).

Tuxum hujayra yo’lidagi to’siq qorin og’rig’i bilan birga kechishi mumkin. Gidrosalpinksni tashxislash uchun rentgen tekshiruvi (gisterosalpingografiya) va / yoki laparoskopiya (qorin bo’shlig’ining maxsus tekshiruvi) qo’llaniladi.

Bepushtlikning servikal omili

Bachadon bo’yni o’rtasidagi teshik, shlyuz singari, bachadon bo’shlig’ini va qinni birlashtiradi. Shlyuzning vazifasi o’zini davriy ravishda namoyon qiladi:

  • Yot agentlar, shu jumladan spermatozoidlar uchun ko’proq vaqt bachadonning yopiqligi;
  • Bachadonning tuxum hujayranini urug’lantirishga intilayotgan faol spermatozoidlar uchun ochiqligi.

Bu vazifa servikal kanalning shillig’i bilan ta’minlanadi, shilliq estrogenlar ta’siri ostida hayzning turli davrlarida o’zining fizik-kimyoviy va reologik (yopishqoqlik) xususiyatlarini o’zgartiradi.

  • Urug’lantirishning ehtimoli yuqori bo’lgan davrda shilliq o’z xususiyatlarini o’zgartiradi, masalan pH nordon muhitdan spermatozoidlar uchun qulay — neytral va biroz ishqorli va kamroq yopishqoq holatga keladi.
  • Inaktiv bosqichida shilliq ayolning organizmnini patogenlardan himoya qiladi.

Agar bachadon bo’yni teshigi shillig’i patologik omillar ta’siri ostida spermiylarning fertil fazaga kirib borishiga imkon bermasa, bu bepushtlikning servikal omili hisoblanadi.

Sog’lom ayol organizmida servikal shilliq quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

  • Protektsiya (himoya qilish) va reproduktiv yo’llarda spermatozoidlar uchun vaqtinchalik depo (yig’uvchi);
  • Servikal shilliqning jismoniy to’siqlarini yengib o’ta olmagan zaif spermatozoidlarni ushlab qolish;
  • Spermatozoidlarni faollashtiruvchi omilni uzatish, ularning harakat faolligini mustahkamlash;
  • Spermatozoidning kapatsitatsiyasi va akrosomal reaktsiyasi, ya’ni spermatozoidni ootsitga kirish qobiliyati.

Tashqi bachadon bo’yni teshigi — vaginal oyna orqali ko’rsa bo’ladi, ichki bachadon bo’yni teshigi — odatiy usullar yordamida tekshirish imkoni yo’q.

Bepushtlikning servikal omili kolposkopiya yordamida bachadon bo’yni teshigining «qorachiq alomati»ni aniqlash orqali aniqlanadi. Qorachiqning ijobiy alomati — shaffof, suvli periovulyar shilliqdir.

Servikal omil laboratoriya usullari bilan aniqlanganda:

  • Shilliqning reologik va biokimyoviy xususiyatlarini tadqiq qilish;
  • Jinsiy aloqadan biroz keyingi spermiy va shilliqning o’zaro ta’siri bo’yicha postkoital test (PKT). Odatda PKTni aniqlash vaqti 9-24 soatni tashkil qiladi;
  • Kurtsrok-Miller periovulyator probani aniqlash.

Laboratoriya sinovlari tajribali laborant-mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Tadqiqot natijalari o’rganishning to’g’ri tanlangan vaqtiga bog’liq.

Bepushtlikning nay-peritoneal omili

Qorin bo’shlig’i va ichki organlar bir-birlariga tegmasligi va yopishmasligi uchun ichak tutqichi (mesenteriya) bilan himoylangan. Ichak tutqichi — qorin bo’shlig’ining ichki qismini qoplagan seroz qobiq bo’lib, quyidagilarga bo’linadi:

  • Ichak tutqichining parietal bargi — ichkaridan ichki organlarni qorin devoridan ajratib turadi.
  • Ichak tutqichining viseral bargi — insonning barcha ichki organlarini ushlab turadi.

Qorin bo’shlig’i seroz suyuqlik bilan to’lgan bo’lib, u organlarni o’zaro birikishi va ishqalanishdan himoya qilish uchun xizmat qiladi. Odatda, barcha ichki organlar biroz bo’shliq harakatga ega.

Ichak tutqichiga fallop naychalari va bachadon osilgan bo’ladi. Patogen omillar ta’siri ostida, bachadon naychalari va ichak tutqichi yoki qo’shni a’zolar o’rtasida yopishishlar rivojlanadi. Natijada, ichak tutqichi bilan yopishgan bachadon naychalari quyidagilarni yo’qotadi:

  • Harakatchanlikni;
  • Yetarli qon ta’minotini;
  • To’liq innervatsiyani.

Qorin bo’shlig’idagi yopishishlar natijasida bachadon naylari o’z vazifalarini to’liq bajarmaydi. Qorin bo’shligidagi yopishishlar ta’siri ostida bachadon naychalarining vazifasini bajarmasligi bepushtlikning nay-peritoneal omili deb ataladi.

Nay-peritoneal omilli bepushtlik sabablariga:

  • Surunkali bosqichdagi fibrinoz yallig’lanishga o’tgan kichik tos organlarining yallig’lanishli kasalliklari (ko’pincha JYYK);
  • Abortdan keyingi asoratlar, tos a’zolaridagi operatsiyalar.

Naylarga zarar yetishi hayz siklining buzilishga, surunkali og’riq sindromiga olib keladi.

Nay-peritoneal genezli bepushtlik yoki infertillikning pasayishi quyidagicha namoyon bo’ladi:

  • Bachadon naychalarining o’tkazuvchanligi buzilishi — bepushtlikning nay omili;
  • Kichik tosdagi yopishish jarayonlari — bepushtlikning peritoneal omili;
  • Nay va peritoneal bepushtlikning birgalikda namoyon bo’lishi

Nay-peritoneal bepushtlikni farqlash uchun ultratovush tekshiruvi, laparoskopiya va exografiya o’tkaziladi.

Bepushtlikning immunologik omili

Normada ayol immun tizimi begona oqsillar — urug’ suyuqligi va spermatozoidlar kirib kelishiga spetsifik antitanalar (ASAT) ishlab chiqarish bilan javob qaytarmaydi. Spermaning immunologik rad etilishi sabablari hali to’liq o’rganilmagan.

Ayollarda ASATning paydo bo’lishi, ehtimol, 2 turdagi allergik reaktsiyalar turidagi rad etish reaktsiya rivojlanishining natijasi bo’lishi mumkin. Degenerativ yallig’lanish jarayonlarida jinsiy a’zolar ichki yuzalarida shilliq miqdorining kamayishi natijasida shilliq qavatning to’siq xususiyatlari buzlilishi mumkin. Hozirgi paytda bu patologiya immunokorrektsiya, erkin aylanib yuruvchi antitanalar miqdorini kamaytirish, tug’ruq yo’llari shilliq qavatining reparativ (tiklanish) jarayonlarini rag’batlantirish yordamida davolanmoqda.

Boshqa immunologik patologiya — bepushtlik omili, ayol organizmi tomonidan o’z tuxum hujayralariga qarshi antiovarial antitanalar (AOA) ishlab chiqarilishidir. O’z immun tizimini buzadigan immun komplekslarning paydo bo’lishi sabablari murakkab bo’lib, immunolog shifokorlar vakolatiga kiradi. Barcha autoimmun kasalliklar kabi bu holatni patogenezning erta bosqichlarida davolasa bo’ladi. O’tib ketgan holatlarda prognoz yomonroq.

Bepushtlikning endokrin omili

Gormonal almashinuvning buzilishi hayz siklining buzilishi yoki uning yo’qligiga olib keladi. Ushbu turdagi bepushtlikning asosiy sabablari quyidagilar:

  • Bosh miya shikastlanishlari oqibati, gipotolamo-gipofiziar miya o’smalari;
  • Androgen va estrogen gormonlar muvozanatining birinchisi tomonga siljishi (giperandrogeniya) — ayollar organizmida bu holat tuxumdon yoki buyrak usti bezi shikastlanishlarida yuzaga keladi va polikistoz tuxumdonlar sindromi bilan birga kechadi;
  • Qalqonsimon bezning funktsional faolligining pasayishi (gipotireoz) — hayz buzilishining sababi hisoblanadi;
  • Estrogen miqdorining yetishmasligi, natijada hayz sikli ritmi buziladi, tug’ruq yo’llari shilliq qavatining shikastlanishiga olib keladi;
  • Lipid almashinuvining buzilishi — yo’g’ to’qimasining ortishi yoki kamayishi bilan birga kechadi va tuxumdonlar vazifasining zaiflashuviga olib keladi;
  • Erta klimaks bilan bog’liq gormonal almashinuvning buzilishi;
  • Gormonal tizimning tug’ma anomaliyalari, tug’ruq yo’llarining rivojlanmaganligi bilan birga kechadi.

Endokrin kasalliklar hayz siklining buzilishi, endokrin kasalliklarning tashqi alomatlari fonida (semizlik, charchoq va boshqalar) aniqlanadi.

Bepushtlikning psixologik omili

Stress — organizmning turli xil ogohlantirishlarga umumiy moslashuvchanlik reaktsiyasi, organizmni (shuningdek gormonlar ishtirokida) tartibga solishning murakkab mexanizmidir. Psixologik omilli bepushtlikda stressning aniq sabablarini izlash befoyda chunki ular har bir ayol uchun individualdir. Umumlashtirilgan holda stressning sababchilari quyidagilardir:

  • Ortiqcha salbiy ma’lumot;
  • Muntazam hissiy munosabatlar;
  • Organizmning fiziologik yoki patofiziologik reaktsiyalari.

Surunkali stressda organizmni himoyalovchi moslashuv mexanizmlari zaiflashadi. Bionazorat tuzilishi (vegetativ asab tizimi, buyrak usti bezi gormonlari, gipofiz va boshqalar) moslashuvchanlik yo’nalishida ishlashni to’xtatadi, organizmning patofiziologik o’zgarishlari yuzaga keladi. Bepushtlikning psixologik omillari ortida organizmning patofiziologik o’zgarishlari (jumladan gormonal kasalliklar) yashiringan bo’ladi. Psixologik bepushtlik sabablarini aniqlash uchun stressni sababini izlashni to’xtatish kerak, buning uchun:

  • Stress omiliga munosabatni o’zgartirish. Ziyolilik darajasi uncha yuqori bo’lmagan oilalarda farzand ko’rish bilan bog’liq muammolar kuzatilmasligi qayd etilgan, biroq, bundan farqli o’laroq, ziyoli va ijtimoiy maqomi yuqori darajada bo’lgan ayolar mavhum va aniq stressdan ko’proq aziyat chekadi. Jismoniy tarbiya, foydali hobbilar, dam olish, ijobiy his-tuyg’ular gormonal va ruhiy muvozanatni tiklashga yordam beradi.
  • Malakali psixologga murojaat qilish. Har doim ham stressni mustaqil ravishda yengib bo’lmaydi. Muammolar haqida o’ylashni to’xtatib, bepushtlikning haqiqiy sabablarini tushunishga yordam beradigan mutaxassis toping.

Bepushtlikning genetik omillari

Erkaklar bepushtligining genetik omillari tibbiy adabiyotlarda batafsil yoritilgan. Ayollar bepushtligining genetik omillari juda oz o’rganilgan. Genetik ildizlarga ega bo’lgan ayollarning bepushtligi sabablarining ko’p uchraydigan patologiyalari ma’lum.

  • Ayollardagi giperandrogeniya sindromi (erkak gormonlarining ko’payishi).
  • Endometrioz (bachadon devorlarining o’sib ketishi).
  • Erta menopauza sindromi.
  • Birlamchi amenoreya sindromi (Sherevskiy-Terner sindromi).

Shuningdek irsiy bepushtlik bilan kechadigan boshqa kasalliklar ham ma’lum. Kasallik sabablari va kelajakda genetik anomaliyalarni bartaraf qilishning usullari — genetik mutaxassislarning o’rganish predmetidir. Hozirgi vaqtda bepushtlikning genetik omillarini aniqlash bo’yicha laboratoriya usullari ishlab chiqilmoqda.

Bepushtlik darajalari

Tibbiyotda «daraja» so’zining etimologik ma’nosi patologik jarayonlar intensivligi boyicha farq qiluvchi taqqoslashning kattaligini anglatadi. Termindan foydalanish o’xshash tashxisli bemorlar guruhiga nisbatan ma’lum (o’ziga xos) patologik jarayonlarni taqqoslashda mos keladi. Ko’pincha, mavjud bo’lgan adabiyotlarda bepushtlik I va II tur sifatida tavsiflanadi.

  • Ayollarda 1-darajali bepushtlik. Yoki bepushtlik I — bu avval tug’magan ayolning homilador bo’la olmasligini ifodalaydi. Odatda kontratseptiv vositalardan foydalanmasdan muntazam jinsiy hayot boshlanganidan keyin bir yil o’tgach homiladorlik kuzatilmasa, ayol bepusht hisoblanadi. Bepushtlik I sabablari yuqorida matnda ko’rsatilgan (bepushtlikning tasnifini qarang).
  • Ayollarda 2-darajali bepushtlik. Yoki bepushtlik II — bu avval tuqqan yoki homilador bo’lgan ayollarning homilador bo’la olmasligini nazarda tutadi. Bepushtlik muddati homilador bo’lishga birinchi urinishlaridan boshlab o’lchanadi. Odatda bir yildan keyin. Bepushtlikning II sabablari yuqorida keltirilgan (bepushtlikning tasnifini qarang).
  • Ayollarda 3-darajali bepushtlik — homilador bo’lish qobiliyatining yo’qligi darajasini belgilovchi atama, mavjud adabiyotlarda ishlatilmaydi.

Bepushtlik gumon qilinganda ayollarga tavsiyalar

Mutaxassislar muvaffaqiyatli urug’lanish imkonini maksimallashtirish maqsadida homilador bo’lishga urinishni hayz siklining 11 dan 18 kunigacha amalga oshirish kerak deb ta’kidlashadi. Shuni eslatish kerakki, birinchi kun hisobi hayz kunining birinchi kunidan boshlanadi. Erkaklarga har 2 kunda bir martadan ko’p eyakulyatsiya qilish tavsiya etilmaydi, chunki aynan shunday holatda sperma konsentratsiyasi maksimal darajada ushlab turiladi. Ikkala sherik ham lubrikant ishlatmasligi kerak.

Va jinsiy aloqadan keyin ayol darhol yuvinishi kerak emas. Bundan tashqari, ekspertlar homilador bo’lish uchun «missioner» pozasida jinsiy aloqa qilishni tavsiya etadi, bunda ayol jinsiy aloqadan keyin 15-20 daqiqa tizzalarini bukib, chalqancha yotishi kerak.

Kasalliklar
Ayollarda bepushtlik — tasnifi, ayollarga tavsiyalar, belgilari, sabab va omillari