Ayollar uchun sigaret chekish zararlari
Ayollar uchun sigaret chekish zararlari Ayol organizmi tamakiga erkaklarnikiga ko’ra ancha sezilarliroq reaktsiya qaytaradi. Asosiy kasalliklardan tashqari, nozik jins vakillari chekish natijasida go’zalliklari, yoshliklari va eng asosiysi — ona bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’lishadi. Chekishda tirnoq va sochlar kislorod yetishmasligidan aziyat chekadi, xira va mo’rt bo’lib qoladi, deyarli o’sishdan to’xtaydi. Tamaki tutuni tufayli tishlar asta-sekin vayron bo’ladi, og’izdan keladigan noxush hidni hech bir saqich yashira olmaydi. Teri normal ko’rinishdan 10-15 yoshga qariroq ko’rinadi. Umumiy qilib olganda, quyidagi faktlarni keltirish mumkin: Homila tushishining 96 foizi u yoki bu tarzda sigareta bilan bog’liq. Muddatidan oldin tug’ilish chekuvchilarda 8 marta ko’proq qayd qilinadi. Ona qornidaligidan tamaki tutuni bilan zaharlangan chaqaloqlarda yuz qismining nuqsonlari («quyon lab», «bo’ri tanglay» va boshqalar) 2 marta ko’proq uchraydi. Onaning chekishi bolalarning giperaktivlik, asabiy qo’zg’alish xususiyati va aqliy zaiflashuviga bevosiya ta’sir o’tkazadi. Chekuvchi onalardan dunyoga kelgan bolalarning immuniteti zaif, intelektual rivojlanishi esa boshqa tengdoshlaridan ortda qoladi. @andrology_uz 🚑Ayollar uchun sigaret chekish zararlari
DO`STLARGA ULASHING:
Ayollar uchun sigaret chekish zararlari