Ayollar haqida chiroyli she’rlar to’plami

Ayollar haqida chiroyli she’rlar to’plami

Hayol og’ushi tinch qo’ymaydi inim
Chaqirsa eshitmay qolaman singlim.
Seni unutolmay bezovta ko’nglim
Senchi, sevgim, izlaysanmi hech!

Yulduzlar haqida sara sherlar to‘plami

Yulduzlar va uning yog‘dusi haqida, kattalar va bolalar uchun eng sara sherlar to‘palmi.

Yulduz, kechir meni

Yulduz, kechir meni, kechir, yulduzim,
Iqboling kulsa ham baxting kulmadi.
O‘zimga mahliyo bo‘ldim-u o‘zim
Ko‘nglingni olishga vaqtim bo‘lmadi.

Men senga muhtojman, intiqman, zorman,
Bilmayman, bormanmi-yo‘qmi, yodingda.
Agar aybdor bo‘lsam, yolg‘iz aybdorman –
Xudoning oldida, sening oldingda.

Kechalar yodimga tushganda ko‘zing,
Somon yo‘llarida changidi kulim.
Osmonim muattar aylagan o‘zing,
Hamishabahorim, hamishagulim!

O‘zimdan, ehtimol, seni asradim,
Bildimki, men bilan baxting kulmaydi.
Yig‘lasam, yig‘iga sig‘mas hasratim,
She’rda hamma gapni aytib bo‘lmaydi.

Yulduzni yetaklab Shoshga kech kirsa,
Farg‘onajonimga oqadi dilim.
Meni unutmagin, meni kechirma,
Hamishabahorim, hamishagulim!

Yulduzlar sen uchun porlar

Yulduzlar, sen uchun porlar ehtimol.
Sen uchun ehtimol, bahorlar kelar.
Ehtimol bu dunyo sen uchun, yaralgan…
Anov, taqdir esa — Faqat sen uchun.
Nega u, tashlandiq uy kabi g’arib?
Nechun taqdiringda yashamayapsan?
Uni birovlarga nechun topshirding?

Yulduzsiz qorong‘u kunlar

O’tib ketdi qishning sovuq,
Ham bo’ronli kunlari.
Ortda qoldi oy, yulduzsiz,
Tim qorong’i tunlari.

Endi quyosh ko’proq boqar,
Dalalarga, bog’larga.
Quchoq-quchoq yog’du sochar,
Adirlarga, tog’larga.

Bezanishar dala-qirlar,
Chechak taqar o’tloqlar.
Bahor yaqin, bahor yaqin,
Bahor yaqin, o’rtoqlar.

Ko’nglim yana tog’day o’sar,
Ko’rkam bahor kelganda.
Quvongayman dasta-dasta
Gul-chechaklar terganda.

Ko’kda yulduz uchsa

Ko’kda yulduz uchsa nogahon,
Bitdi, derlar qaysi bir taqdir.
Bunday g’amni ko’tarmak oson,
Bu ehtimol, bizlar haqdadir.

Ba’zi tunlar ko’kka tikib ko’z,
Eslab deyman onamni shu on:
Ona ketsa, yulduz-ku yulduz
Qulab tushsa arziydi osmon.

 

Har kimning bir yulduzi bor

Bobolarning gapi shunday: «Har kechaning kunduzi bor,
Har kimning o’z nasibasi, har kimning bir yulduzi bor».

Gar tug’ilsa biror go’dak, derlar: «Ortdi yulduz soni,
Yana bitta mayoq bilan boyib qoldi yurt osmoni».

Biror yulduz uchsa, derlar: «Kimdir o’tdi bu olamdan,
Ko’hna dunyo ajrab qoldi, evoh, yana bir odamdan».

Eshitganman Zuhallar-u Oy, Zuhrolar to’g’risida,
Somon yo’li, Hulkarlar-u Surayyolar to’g’risida,

Eshitganman yuztasini, eshitganman mingtasini,
O’shalardan so’zlab beray faqatgina bittasini.

Miltiraydi mitti yulduz

Ko’k gumbazin bir chetida,
Bo’shliqlarga urib bosh,
Miltiraydi mitti yulduz,
Tanholikdan to’kib yosh.

Atrofida na bir yulduz,
Na bulut bor, na tuman.
Yulduzlarga termulib u,
Titrab turar shamsimon.

Eh, bechora, yashash nechun,
Yashnamasang, kulmasang.
O’z to’dangdan nega uchding,
Qaytish yo’lin bilmasang?!

Yulduz sanab yotish

Qishlog‘imiz ko‘hna, bir etagida,
Osmonga tutashgan dasht edi.
Polizkapa qurib, kechalar tomda,
Yulduz sanab yotish – ajib gasht edi.

Bolalikda, bir kun endi yotsam,
Xayollarim ketib Somon yo‘liga,
Yulduz uchdi! Xuddi mushakday,
Yonib yerga tushdi. Jizzax cho‘liga.

Juda yaqin tushdi. Har ehtimolga,
Lippaga qistirib gugurtim,
Tomdan tashlab, o‘qariqdan sakrab,
O‘sha yoqqa qarab yugurdim.

Chinakam yulduzni ko‘rmoqchiydim men,
Tikanlarni bosdim, toptadim,
Uzoq tentiradim cho‘l so‘qmoqlarida,
Quvoqlar oralab kezdim… Topmadim.

Topmadim o‘shanda bola baxtimni,
Sirli mo‘jizaga to‘ymadi ko‘zim.
Hali ham izlayman. Bilaman: Yerda,
Shu cho‘llarda mening yulduzim!

Zuhra yulduz miltirab

Kecha oqshom falakda oy bo’zarib botganda,
Zuhra yulduz miltirab, xira xanda otganda,
Ruhimda bir ma’yuslik, sokinlik uyg’otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim,
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.

O’tdi yoshlik zavq bilan, gohi to’polon bilan,
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan,
Ayro ham tushdim ba’zan, qalb bilan imon bilan,
Lekin seni yo’qotdim, birinchi muhabbatim,
Mangu g’aflatda qotdim, birinchi muhabbatim.

Dunyo degan shundayin anglab bo’lmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan,
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan,
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.

Xolbuki orzulardan judo ham bo’lganim yo’q,
Yulduzday kuyganim yo’q, oy kabi to’lganim yo’q.
Erta xazon gul kabi sarg’ayib, so’lganim yo’q,
Seni eslab yig’layman, birinchi muhabbatim,
Eslab bag’rim tig’layman, birinchi muhabbatim.

Yo’lin yo’qotsa odam – muhabbatga suyangay,
o’ussaga botsa odam – muhabbatga suyangay,
Chorasiz qotsa odam – muhabbatga suyangay,
Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim,
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim.

Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar ko’rib men bor dunyoni unutdim,
Tongda turib nomingga ushbu she’rimni bitdim,
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg’iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.

Yulduzmisan yulduz eding

Yulduzmisan yulduz eding,
Osmonimda porlab turarding,
Goho yonim uzra jilmayib,
Visol tomon chorlar eding.

Qo’l cho’zardim yetolmasdim hech,
Yetganimda bo’lgan edi kech,
Yiroqlashding olis-olisga,
Qora bulut quchgan yulduzim.

Yulduzim tark etgan meni azoblarga ko’mib,
Yulduzim tark etgan meni sevgimni so’ndirib,
Minglab yulduz bo’lsa ham,
Bo’lolmaydi sen dek hech qaysisi.

Osmondan izlab baxtim topolmadim,
Dushmanman yurakka o’zim,
Yo’llarimni yoritgan u yulduzim,
Porlamas nechun porlamas nechun bugun.

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

Yulduz haqida sherla manoliroq yozilsa yaxshi bòlardu

Koinot cheksizdir, unda yulduzlar o’rni beqiyosdir Umuman olganda yulduzlarga bag’ishlangan bu sherlar juda ajoyib holda taqdim etilibdi.

Barchaga salom deyman. Yulduz haqida tanishtiruv sherlar yo’qmi? Agar kimda bo’lsa yozib qoldirsin iltimos.

Yulduz haqida she’rlar berilganku lekin asil ma’nosi sevgi muhabbat haqida bo’lib qolyabdi, shu uchun boshqacha she’rlar joylash kerak.

Bu yerda juda ko’p sherlar bor, hammasi ajoyib. Asalomu alekum. Yulduzlar haqida maqolar yo’qmi? So‘nggi yuklangan mavzular Ko‘p o‘qilgan mavzular Bo‘limlardan birini tanlang

Ayollar haqida chiroyli she’rlar to’plami

Kimki boqsa ko’zlaringga ziyosan, ayol,
Go’yo gulsan, sertabassum ibosan, ayol
Qoshlaringga, ko’zlaringga nur bersa ham tun,
Dili poku mo’jizakor samosan, ayol!

Yetti xil rang kamalakdan, gullardan ifor
Olgansanu musaffosan, safosan, ayol!
Ohu kabi nafissanu, noziksan, hurkak,
Bolariga bol bergan — turfa gulsan ayol!

Bulbul olgan ovozingdan andoza bilsam,
Gullar aro mayin esgan sabosan, ayol!
Sochlaringni havas qildi majnuntol ko’rib,
Uyaldimi, qochdi lola, jafosan, ayol!

Kimdan olding sadoqatni, kim ulashdi ishq,
Ishqingda kim ado bo’lsa, fidosan ayol!
Qachon ko’rsang Rahimiyni, erka qushman deb,
Har sohada javlon urgan daryosan, ayol!
(Olimjon RAhIMOV)

Tun.

Uxlaydi toliqqan butun jonzot bu damda,
Sukunatni buzadi bir xonish sel ohangda,
Alla aytar mehrini taratib ming xil rangda,
Eng yoqimli qo’shiqni qalbida tuygan ayol,
Farzandi deb o’zini unutib qo’ygan ayol.

Xastalansa dilbandi boshida giryon halak,
Shu damda bir tutamdir uningchun yeru falak,
Bolasiga Ollohdan shifo so’rar jonsarak,
Dilbandim deb ko’ksini ko’zini o’ygan ayol,
Farzandi deb o’zini unutib qo’ygan ayol.

Oy qo’ynidan to’kilar nur ayolning boshiga,
Oq sochlari yosh qo’shgan eh navqiron yoshiga,
Yulduzlar shivirlashib tan berar bardoshiga,
Dilbandini jonidan ortiqroq suygan ayol,
Farzandi deb o’zini unutib qo’ygan ayol.

Mingta tashvish o’yi bor yuragini kuydirgan,
Shirin xayollargamas hasratlarga to’ydirgan,
Bag’ri yonib tursada, farzandini kuldirgan,
Issiq tandir uchoqda yuzlari kuygan ayol,
Farzandi deb o’zini unutib qo’ygan ayol.

Oy bekinar ko’ziga hayratli doshni qamab,
Mana go’dagi uxlar, toliqdi u allalab,
Endi ro’zg’or ishiga kirishadi amallab,
Oilam, bola-chaqam deb yonib kuygan ayol,
Farzandi deb o’zini unutib qo’ygan ayol.

Tong yorisha boshlaydi, shafaq tuslanib alvon,
Ko’zi qizargan horg’in ayol bedordir hamon,
Shu mehribon hilqatsiz tongning tongligi yolg’on,
Bor yo’q iztirobini tolega
yo’ygan ayol,
Farzandi deb o’zini o’ylamay qo’ygan ayol.

Osmon ulkan emasdir, ayolning qalbi ulkan,
Mehrli ko’zidagi joziba sehri ulkan,
Dunyoning dunyoligin tutguvchi ona ekan,
Olamni sadoqatga chulg’atib qo’ygan ayol,
Farzandi deb o’zini unutib qo’ygan ayol.

Mard ayollar

Jannat oyog‘ining ostida bo‘lsin.
Noto‘g‘ri o‘ylamang yomon xayollar.
U shunday bokira, ko‘nglingiz to‘lsin.
Ba’zi bir erkakdan marddir ayollar.

Qarang go‘zalligi faqat siz uchun.
Ozorlab dilini bermang savollar.
Yashaydi ro‘zg‘oru o‘g‘il — qiz uchun.
Ishyoqmas erkakdan jasur ayollar.

Boshida oq tola dunyoning g‘ami.
Bardoshi oltindan tilida bollar.
Sizga bildirmaydi ko‘zida nami.
Dardini ichiga yutgan ayollar.

Vafo yuragida sadoqat qalbi.
Axdi yuksak erur labzi xalollar.
Sizga ishongani, aldangan, aybi….
Nomard erkaklardan marddir ayollar…

Ayolni ranjitmang, ranjimang aslo.
Siz uchun bulmasin ishqi uvollar.
Farishta jonini asraydi Ollox.
BA’ZI ERKAKLARDAN ERKAK AYOLLAR.

DUNYODА ENG АZIZ, MUQАDDАS АYOL

Yelkasida turmush yuklarin tutgan,
Tinmagan, halovat sirin unutgan.
Gohida sabrda ming azob yutgan,
Shukrona ruhidan toʼqlangan xayol,
Dunyoda eng aziz, muqaddas ayol!

Bosgan qadamiga fayzlar toʼkilgan,
Nigohin qarashiga nurlar ekilgan.
Kelajak goʼzalligi unga tikilgan,
Shukrona ruhidan toʼqlangan xayol,
Dunyoda eng aziz, muqaddas ayol!

Qadoqlab ketsa ham qavariq qoʼli,
Ming bitta joni bor degaylar uni.
Eʼtibor kutgaydir har umr yoʼli,
Shukrona ruhidan toʼqlangan xayol,
Dunyoda eng aziz, muqaddas ayol!

Bolam deb, boʼtam deb umr tikkuvchi,
Mehrini qalbidan qalbga toʼkkuvchi.
Gohida oʼzini xoʼp unutguvchi,
Shukrona ruhidan toʼqlangan xayol,
Dunyoda eng aziz, muqaddas ayol!

АYOLDIR GOʼZАL. Ayollar haqida she’rlar to’plami

Yori qolsa xayotdan sovib,
Yor yonidan gʼamlarni quvib.
Joynamoz-u yaxtagin yuvib,
Savob yiqqan ayoldir goʼzal.

«Qimmatbaxo libos kiyishga,
Ragʼbatim yoʼq xarom yeyishga,
Begim xalol toping» deyishga,
Xaddi siqqan ayoldir goʼzal.

Oʼz yorini xisoblab qirol,
Qirolicha kabi qilsa lol,
Koʼchaga, soch yashirib, roʼmol-
Oʼrab chiqqan ayoldir goʼzal

Janon birla erkakning gʼari-
Yotganidan koʼra ilgari.
Chaqsa yaxshi chayon yo ari,
Buni uqqan ayoldir goʼzal.

Sabr ziynat ayol kishiga,
Kutsin, tishin bosib tishiga,
Xech kim demas erkak ishiga-
Burnin suqqan ayoldir goʼzal

Bor bisoti boʼlib vafodan,
Xiyonatsiz oʼtsa dunyodan.
Momojoni Momo Xavodan-
Xayo yuqqan ayoldir goʼzal

Roʼzgʼor yuki toldirib xoldan,
Xusni ketsa xamki jamoldan.
Tugʼmaydigan soxibjamoldan-
Аsli tuqqan ayoldir goʼzal.

Bir kun oʼzing uchun yashagin Аyol!

Hayotning har qanday shartiga koʼnding,
Аyt qachon koʼksingga tegibdi shamol?!
Bola — chaqa deding, roʼzgʼor, ish deding,
Bir kun oʼzing uchun yashagin Аyol!

Sen- erning aybini yopguvchi qalqon,
Oila koʼrkiga berarsan sayqal.
Mayliga har kunmas, lekin har zamon,
Bir kun oʼzing uchun yashagin Аyol!

Shaffof koʼzgularni qoʼlingga olib,
Oltin qoʼgʼirchoqdek yasangin xushhol.
Yuzingga upa surt, yaxshilab kiyinib,
Bir kun oʼzing uchun yashagin Аyol!

Magrur bul ayol!

Mayli toshlar otsin,
Giybating kilsin,
Gunox kilarmi deb,
Poylab xam yursin.

Sen esa tukilma
Tukilma ayol!
Boshing magrur kutar,
Bukilma ayol!

Yasha uzing uchun
Kulib yur xar on!
Dushmanlaring kurib
Kuyib kul bulsin!

Sen shunday yashaki,
Ey yolgiz ayol
Bevafo, yorlaring
Intizor bulsin!

Egilma nomartga,
Sevging bilmasa,
Tukmagin kuz yoshing,
Xech kim sezmasa.

Uzing uchun yasha,
Uldirib yasha,
Bevafo yorlarni
Yondirib yasha!

Olamni mehrga toʼldirgan ayol.

Bir shirin jilmayib, tabassum ila
Gʼamgin dunyolarni kuldirgan ayol,
Qalb qoʼri limmo -lim mehrga toʼla,
Tosh dildan muhabbat undirgan ayol.

Nozik niholdayin tanasi, tinmas,
Bor boʼlgin bolam der,nolasi tinmas,
Аyolning hech sabr ,bardoshi sinmas,
Dardu stamlarni sindirgan ayol.

Oylarni lol etar koʼz, qoshi bilan,
Togʼlarni choʼktirar bardoshi bilan,
Koʼzida marjonday koʼz yoshi bilan,
Qalbida gʼam oʼtin soʼndirgan ayol.

Qalblari bahordir, koʼzlari mahzun,
Oila roʼzgʼoridan ayamas kuchin,
Yeliblar yugurib farzandi uchun,
Yoʼqlarni bor qilib,yoʼndirgan ayol.

Koʼklamlar ayol chun quchogʼin ochdi,
Quyosh ham olamga nurlarin sochdi,
Jannatdur onalar oyogʼin osti,
Olamni mehrga toʼldirgan ayol.

Аyol haqida she’r

Xamisha boru yugingga kilur kanoat ,
Kim senga kursatar buncha sadokat .
Ogir kunlarda xam kilgusi tokat,
Bu mushfik ayoldir, ayoldir fakat.

АYOL / Ayollar haqida she’rlar to’plami

Duosida tinchlik soʼrar yurtiga,
Koʼnar xayot aytgan barcha shartiga.
Gullar soching oyogʼining gardiga.
Zulmatlarni yoritguvchi yoʼlisan,
АYoL bu dunyoning jannat gulisan.

Sen onasan, sen goʼzal yor yo singil,
Maьnoli soʼzingdan obod xar koʼngil.
Mexring bersang, dard xam oʼtadi yengil.
Kim boʼlmaki, keksami yoki yoshsan,
АYoL mehr bobidagi quyoshsan.

Tabassuming aritadi gʼamlarni.
Shodlikka olasan tushkun damlarni.
Toʼldirasan roʼzgʼordagi kamlarni.
Uyim-joyim deya bedor xalaksan,
АYoL mehnat ichida ham malaksan.

Senga yoʼqdir bolaning begonasi
Sevging ulashasan gapning xonasi.
Qalbing shunchalar oq oʼzbek onasi.
Yangi kunning debochasi naxorsan,
АYoL yangilanish fasli baxorsan.

Baʼzan tashvishing bor, yuraging titroq.
Koʼngling yigʼlasa-da, koʼzlaring porloq
Sabring qarshisida choʼkib qolar togʼ.
Xar mushkulning davosisan, ixlossan,
АYoL sabr, mexr otligʼ libossan.

Malohatsan, nazokatsan, navosan.
Аndishasan, oru nomus hayosan.
Oʼzing dunyo ichra bitta dunyosan.
Moʼjizasan, mudom bor boʼlgin ayol.
Ishqqa, sadoqatga yor boʼlgin ayol.

АYOLLАRGА MАSLАHАT. OʼZINGIZNI АSRАNG

Dunyo shunday boʼlsa-da bir kam,
Yashagaymiz moʼjiza kutib.
Аziz opa-singillar hecham,
Oʼzingizni qoʼymang unutib.

Roʼzgʼor deya joni halaksiz,
Mingta oʼydan bezovta yurak.
Siz hammaga suyanch, tirgaksiz,
Oʼzingizga oʼzingiz kerak!

Yumushlardan tin olmay bir zum,
Toliqdingiz, gʼamlarni tashlang.
Hech boʼlmasa haftada bir kun,
Аyol boʼlib, oʼzni deb yashang!

Betob boʼlib qolsangiz nogoh,
Kerakmassiz, hech kimga biling.
Shu holatdan boʼlsangiz ogoh,
Oʼzingizni ehtiyot qiling!

Erim, bola-chaqam deb yashab,
Goh baxtlisiz, gohi gʼurbatda.
Har zamonda ayolga oʼxshab,
Oʼzingizni seving albatta!

Аyol baxti roʼzgʼor, oila,
Buni inkor etmaymiz zinxor.
Imkon izlab, topib joyini,
Oʼzingizga bering eʼtibor!

Bolangizga keraksiz sogʼlom,
Yoringizga goʼzal va xush soʼz.
Siz bor hayot boʼlar bardavom,
Oʼzingizni asrang, qorakoʼz!

Sheʼrim balki choʼzildi xiyol,
Yashang baxtga shukrona ayta.
Oʼzingizni avaylang ayol!
Bu dunyoga kelmaysiz qayta.

Assalom onajon!

Assalom onajon- jondan azizim,
Bahringiz gulbahor, mehringiz quyosh.
Sizga dildan hurmat, tazarru, ta’zim,
qalbimga ham ohang mehribon sirdosh.
Muhtaram onajon, ruhimdagi jon,
Siz umrim chirog`i, tiriklik boshi.
Siz bilan nurafshon jumlai jahon,
Siz hayotning buyuk bir sabr bardoshi.

Sevgi haqida eng sara sherlar

Sevgi, muhabbat, sog’inch, haqiqiy sevgi haqida eng sara ta’sirli sherlar to’plami.

Men uchun ham o`zingni asra

Sevdim degan so`zingni asra,
Meni kutgan ko`zingni asra,
Seni topgum, yoningga borgum,
Men uchun ham o`zingni asra.

Asra, dilda muxabbatingni,
Asra menga ko`ngil xatingni,
Menga atab hamma gapingni,
Men uchun ham o`zingni asra.

Ko`ksingdan otilsa ming faryod,
Seni ko`p yig`latsa bu hayot,
Sabr qil, topmasang bir najot,
Men uchun ham o`zingni asra.

Sinab bir bor va`dalar kuchin,
Dildan olmay xatolar o`chin,
O`rtada sof sevgimiz uchun,
Men uchun ham o`zingni asra.

Uzun yillar kitobin yopgum,
Bir kun yig`lab izlaring o`pgum,
Bir kun seni baribir topgum,
Men uchun ham o`zingni asra.

Yurakka in qurmayin qayg`u,
Hayotingga solmagin og`u,
Sendan bitta iltimosim shu,
Men uchun ham o`zingni asra.

To`ldir jonim, qalbingni nurdan,
Go`zal bo`lsin tunlaring kundan,
Sevsang agar Ahadni chindan,
Men uchun ham o`zingni asra.

Sizni o’ylab-o’ylab bugun ham o’tdi

Tun cho’kib borliqni domiga yutdi.
Kimdur meni eslab, kimdur unutdi.
Yuragim eridi shirin tush kabi,
Sizni o’ylab-o’ylab bugun ham o’tdi.

Sizni qattiq sevgan yurak sizniki

Sen yo’q sensizlikka o’rganib qoldim,
Ungacha ayriliq o’tida yondim.
Hammadan, hattoki o’zimdan toldim,
Endi sensizlikka o’rganib qoldim.

Lek hamon yolg’izman yo’qsan yonimda,
Misli bir azobsan yarim jonimda.
Endi iloji yo’q qaytish yoninga,
Sen yo’q sensizlikka o’rganib qoldim.

Endi faqat va’dalaring qiynar meni,
Sog’inaman har erta tong o’ylab seni.
Tashlab ketding, o’ylamading jonim meni,
Yolg’izginam, sensizlikka o’rganib qoldim.

Seni jonim, dunyolarga alishmasdim,
Sendan boshqa go’zallarni hech ko’rmasdim.
O’zga bilan ketishingni men bilmasdim,
Sen yo’q mana sensizlikka o’rganib qoldim.

Jonim, seni baxtga to’lib sevgandim,
Allox guvox chin dilimdan sevgandim.
Sevgimizni qadriga yetasan deb bilgandim,
Endi kechdir, sensizlikka o’rganib qoldim.

Mana bugun ajraldik biz ikki tomon,
Ko’rolmasdan sog’inaman seni yomon.
Endi senga qaytolmayman sevsamda hamon,
Sen yo’q sensizlikka o’rganib qoldim.

Yurak ham yolg’izlikka ko’na boshladi,
Menga aytgan so’zlaring ko’nglim g’ashladi.
Mendan ketmoqlikni ko’ngling hushladi,
Mayli ketgin, sensizlikka o’ganib qoldim.

Sensizlikka o’ganib qoldim

Sen yo’q sensizlikka o’rganib qoldim,
Ungacha ayriliq o’tida yondim.
Hammadan, hattoki o’zimdan toldim,
Endi sensizlikka o’rganib qoldim.

Lek hamon yolg’izman yo’qsan yonimda,
Misli bir azobsan yarim jonimda.
Endi iloji yo’q qaytish yoninga,
Sen yo’q sensizlikka o’rganib qoldim.

Endi faqat va’dalaring qiynar meni,
Sog’inaman har erta tong o’ylab seni.
Tashlab ketding, o’ylamading jonim meni,
Yolg’izginam, sensizlikka o’rganib qoldim.

Seni jonim, dunyolarga alishmasdim,
Sendan boshqa go’zallarni hech ko’rmasdim.
O’zga bilan ketishingni men bilmasdim,
Sen yo’q mana sensizlikka o’rganib qoldim.

Jonim, seni baxtga to’lib sevgandim,
Allox guvox chin dilimdan sevgandim.
Sevgimizni qadriga yetasan deb bilgandim,
Endi kechdir, sensizlikka o’rganib qoldim.

Mana bugun ajraldik biz ikki tomon,
Ko’rolmasdan sog’inaman seni yomon.
Endi senga qaytolmayman sevsamda hamon,
Sen yo’q sensizlikka o’rganib qoldim.

Yurak ham yolg’izlikka ko’na boshladi,
Menga aytgan so’zlaring ko’nglim g’ashladi.
Mendan ketmoqlikni ko’ngling hushladi,
Mayli ketgin, sensizlikka o’ganib qoldim.

Senku, sevgim, bo’lajak yorim.

Tunlar uxlay olmay o’ylayman seni,
Kunduz uchratolmay o’ylayman seni.
Barcha she’rlarimda so’ylayman seni
Senchi, sevgim, eslaysanmi hech!

Hayol og’ushi tinch qo’ymaydi inim
Chaqirsa eshitmay qolaman singlim.
Seni unutolmay bezovta ko’nglim
Senchi, sevgim, izlaysanmi hech!

Balki bu hayotning menga sinovi
Balki xatodir — bu qilgan tanlovim.
Kimlardir buning chun sochar olovin
Senchi, sevgim, yonganmisan hech!

Sevdimu sevilmay, bo’ldim ovora
Masofamiz uzoqlashib borar tobora
Seni unutolmay yurak ming pora
Senchi, sevgim, suyganmisan hech!

Nega? Aytgin sen mendan yiroq
Nechun meni qiynaydi firoq.
Sevamanu, bilmayman biroq
Senchi, sevgim, sevganmisan hech!

Bo’ldi! Bu mening qat’iy qarorim
Jim chidab yurishdan bitdi madorim
Senikidir bilgin borlig’im, borim
Senku, sevgim, bo’lajak yorim.

Sevib qolsangiz

Ko‘nglingizni so‘rab olardim,
Olib kelgan gulim olsangiz.
Ishoning men baxtli bo‘lardim,
Agar meni sevib qolsangiz.

Baxtlilardan baxtli qilardim,
Hayotimga kirib kelsangiz.
Qo‘lingizdan mahkam tutardim,
Agar meni sevib qolsangiz.

Baxt uzugin tanlab olardim,
Yuragimga umid bersangiz.
Dunyolarga sig‘may qolardim,
Agar meni sevib qolsangiz.

Baxt qasriga olib borardim,
Bir jilmayib kulib qo‘ysangiz.
Dardingizni doyim olardim,
Agar meni sevib qolsangiz.

Men sevgida axtli bo‘lardim,
Sevgi cho‘g‘in qalbga solsangiz.
Ishoning men baxtli bo‘lardim
Agar meni sevib qolsangiz.

Sevib qoldim

Yurak urar juda tez
Ahvolimni do‘stim sez.
Hayollar osmonni kez
Sevib qoldim bilmasdan.

Havas qildimmi bilmam
Qalbim cheksada sitam.
Xatto og‘ir xotiram
Sevib qoldim bilmasdan.

Yoqadida yuz,ko‘zi
Yana samimiy so‘zi.
Qoshin qoqqanda o‘zi
Sevib qoldim bilmasdan.

Kulgulari zilolim
U mening beg‘uborim.
Eshitgin dilozorim
Sevib qoldim bilmasdan.

Qalbim tanlab berganim
Jonim,yorim deganim.
Bilarmisan sevganim
Sevib qoldim bilmasdan.

Tunlari uxlolmayman
Faqat seni o‘ylayman.
Sevib qolmay o‘lay man
Ko‘ngil qo‘ydim bilmasdan.

So‘zlar ketdi chalkashib
Hayol ketdi adashib.
Do‘stim bilan dardlashib
Sevib qoldim bilmasdan.

Tunlar ketdi halovat
Yeyolmay qoldim ovqat.
Tugab bormoqda toqat
Sevib qoldim bilmasdan.

Berkitaman onamdan
Yana amma, xolamdan.
Qo‘rqib ketmang nolamdan
Ko‘ngil berdim bilmasdan.

Boshqacha tuyg‘u ekan
Bilgani qayg‘u ekan.
Sanchsa ham qalbga tikan
Sevib qoldim bilmasdan.

Endi nima qilaman
Goh devona yuraman.
Boshga tushdi,ko‘raman
Sevib qoldim bilmasdan.

Sevgi nima!

Sevgi nima sevgi sir
Ochilmagan g‘unchadir.
Chiroyi qancha bo‘lsa
Tikoni ham shunchadir.

Sevgi nima sevgi gul
Gulki tengsiz iforda.
Bir bora ochilar ul
Topmaysan har bahorda.

Sevgi nima sevgi nay
Navo sexrin tuyasan.
Kuylashi uchun atay
Yurak bag‘rin o‘yasan.

Sevgi nima sevgi kuy
Uddalagan chaladi.
Zavq berar-u bilib qo‘y
Aqlu xushing oladi.

Sevgi nima sevgi qush
Tutsang birga uchasan.
Yashaysan go‘yo bir tush
Kunduz oyni quchasan.

Sevgi nima sevgi tush
Ishonsang o‘ngi kelar.
Erishasan etar xush
Chindan izlasang agar.

Sevgi nima sevgi o‘t
O‘ynashma, kuydiradi.
Yo yarming qiladi but
Yo jondan to‘ydiradi.

Sevgi nima sevgi suv
Chanqog‘ingga qonasan.
Qafasda xam turmas u
Kaftingda tutolasan.

Sevgi nima sevgi tosh
Kimga olmos kimga dur.
Bahosin bil, qil bardosh
Bahting kulgani shudir.

Sevgi nima sevgi gil
Kimdir toptab o‘tadi.
Kimning esa qo‘li gul
Bino barpo etadi.

Sevgi nima sevgi mil
Baxt tomon ko‘rsatar yo‘l.
Taqdiring qo‘lingda bil,
Faqat to‘g‘ri yo‘lda bo‘l.

Sevgi nima sevgi bol
Qilmagin uni uvol.
Me’yorini bilmasang
Seni etadi bexol.

Sevgi nima sevgi axd
U bilan qadaming shaxd.
Sevilish oliy ne’mat
Sevish o‘zi katta baxt.

Sevgi nima sevgi dard
Faqat yengoladi mard.
Asl sevgan yorining
Sha’niga yuqtirmas gard.

Sevgi nima sevgi sas
Xavo kabi ko‘rinmas.
Xayoting bo‘lar totli
U bilan olsang nafas.

Sevgi nima sevgi bor
Yo‘q degan o‘yga borma.
Agar uchratsang bir bor
Aslo qo‘yib yuborma.

Sevgi nima sevgi sen
Sevgi nima sevgi men.
Topmadim deb kuyunma
Sevgi asli o‘zingsan.

Sevgi xayot mazmuni
Gar uni taniyolsang.
Baxtga eltadi seni
Qadriga yeta olsang.

Seni sog‘indim

Ko‘zlarim sog‘inib izlaganda,
Yuragim seni deb yig‘laganda,
Vujudim sog‘inchdan titraganda,
Seni sog‘indim deb aytolmadim.

Tunlar meni hijron qiynaganda,
Yurak seni isming takrorlaganda,
Tanam sog‘inchdan titraganda,
Seni sog‘idim deb aytolmadim.

Ko‘zlar sensiz zulmatda qolganda,
Qo‘llarim mehringsiz muzlaganda,
Lablarim sog‘inchdan titraganda,
Seni sog‘indim deb aytolmadim.

Sog‘insamda bir bora borolmadim,
Ko‘zlar izlganda topolmadim.
Qalb har zarbida seni deganda,
Seni sog‘indim deb aytolmadim.

Jonim sevgilim

Eshitsam ovozing har dam nar nafas
Sehrli so‘zingdan olsaydim doim dars
Sendan o‘zga muhabbat kerakmas bas
Bahtimga bor bo‘lgin jonim sevgilim

Yor deb atab vaslinga zor qoldim
Bu dunyo ishlaridan endi man toldim
Sensiz bu dunyoda yolg‘izlanib qolgum
Bahtimga bor bo‘lgin jonim sevgilim

So‘zlamaysan so‘zlaringa zor man har dam
Seni kutib yo‘llaringda bo‘ldi ko‘zim nam
Qalbingda bo‘lmasin hech ham g‘am
Bahtimga bor bo‘lgin jonim sevgilim

Har bir tongu tunimda bo‘ladi g‘ashlik
Sevgidan voz kechgan bo‘ladi pastlik
Men uchun azobdir oldinda bo‘la olmaslik
Bahtimga bor bo‘lgin jonim sevgilim

Qanotlarim bo‘lsaydi uchardim qanot yozib
Oldingda bo‘lardim doim sherlar yozib
Shunda bo‘lmasding hayotdan bezib
Bahtimga bor bo‘lgin jonim sevgilim

Bir kun keladi yoningda bo‘laman
Majnun misol bir oddiy bolaman
Sensiz bu dunyoda juda yonaman
Bahtimga bor bo‘lgin jonim sevgilim

Kimgadir shodliksan, kim uchun qaygu…

Borliqni jumbushka keltirsang nima
Sengamas do’stlikka ko’nglim ochardim
Tutqunlik odati axir senga xos.
Erkinlik dardida sendan qochardim.

Muhabbat ayt kimni baxtiyor qilding.
Topolsam u haqda doston yozardim.
Kimnidir o’ldirding, hokisor qilding.
Agar shunday bo’lmasa darding olardim.

Yetar bas, seni hech to’xtatmas kishi.
Manziling be makon, mehrsiz tuyg’u.
Har fasl yashnaysan: bahor, yoz, qishi.
Kimgadir shodliksan, kim uchun qayg’u…

O’lsam ham baribir sevaman seni!

Ko’zlarim ko’r bo’lsa, ko’rmasdim seni,
Yuragim tosh bo’lsa, sevmasdim seni,
Mayli xijron azobi qiynasin meni,
O’lsam ham baribir sevaman seni!

Hayotda ma’no yo’q yashashdan sensiz.

Kimgadur visolsan, kimgadur hijron.
Kimgadur orzusan, kimgadur armon.
Kimgadur bir umr, kimgadur bir on.
Kimgadur tomchisan, kimgadur ummon.
Kimgadur achchiqsan, kimgadur shirin.
Hullas «MUHABBATSAN» dunyoda tensiz.
Hayotda ma’no yo’q yashashdan sensiz.

Qiziqarli malumotlar
Ayollar haqida chiroyli she’rlar to’plami