AYOLLAR DAFTARIGA KIRITILGANLARGA QANDAY YORDAM KO‘RSATILADI ?
AYOLLAR DAFTARIGA KIRITILGANLARGA QANDAY YORDAM KO‘RSATILADI ? 📃 Hukumatning 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: 🟢 1) ishsiz xotin-qizlar uchun — ularni bandligini ta’minlash; 🟢 2) tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun —- tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish; 🟢 3) boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — bir martalik moddiy yordam berish, zarur hollarda ularni uy-joyini ta’mirlash; 🟢 4) ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — tibbiy yordamlar ko‘rsatish; 🟢 5) uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — ijara kompensatsiyasini to‘lash, ijtimoiy uylarga joylashtirish, uy-joy bilan ta’minlash; 🟢 6) qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — bir martalik moddiy yordam berish, zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish. ✏️ Ayollar daftariga kiritilayotganingizda Sizni qaysi yo‘nalish bo‘yicha ro‘yxatga olayotganiga e’tiborli bo‘ling! Sababi Siz uy-joyga muxtoj bo‘lsangizu, lekin ayollar daftariga Sizni tibbiy yordamga muxtoj deb kiritgan bo‘lsa, uy-joy tomonlama ishingiz bitishi qiyinroq bo‘ladi.AYOLLAR DAFTARIGA KIRITILGANLARGA QANDAY YORDAM KO‘RSATILADI ?
DO`STLARGA ULASHING:
AYOLLAR DAFTARIGA KIRITILGANLARGA QANDAY YORDAM KO‘RSATILADI ?