AYOLLAR DAFTARIGA KIMLAR KIRITILADI,
AYOLLAR DAFTARIGA KIMLAR KIRITILADI, 📃 Hukumatning 28.04.2021 yil kungi 250-son qaroriga ko‘ra, xar bir sektor kesimida mahallabay «Ayollar daftari»ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi: 🟢 Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar; 🟢 Boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar; 🟢 Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar; 🟢 Uy-joyini ta’mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar; 🟢 Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy mavjud bo‘lmagan xotin-qizlar; 🟢 Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan bolasi mavjud yolg‘iz ayollar; 🟢 Tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar; 🟢 Huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar; 🟢 Psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar. ✏️ Agar siz yuqorida keltirilgan ro‘yxatdagi toifaga kirsangizu lekin ayollar daftariga kiritilmagan bo‘lsangiz mas’ul tashkilotlarga murojaat qilib daftarga kiritilishni harakatini qilish kerak. Ijtimoiy ximoyaga muxtoj yoki boshqa toifadagi shaxslarni rag‘batlantirishda birinchi o‘rinda manashu ro‘yxatdagi shaxslarga e’tibor qaratiladi.AYOLLAR DAFTARIGA KIMLAR KIRITILADI,
DO`STLARGA ULASHING:
AYOLLAR DAFTARIGA KIMLAR KIRITILADI