«Ayol» seriali bosh qahramoning shaxsiy hayoti va ijodi

«Ayol» seriali bosh qahramoning shaxsiy hayoti va ijodi

«Ayol» seriali bosh qahramoning shaxsiy hayoti va ijodi

Mundarija скрыть
«Ayol» seriali bosh qahramoning shaxsiy hayoti va ijodi

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun o`zbek tomoshabinlariga «Ayol» serialidagi roli bilan tanilgan O`zge O`zpirinchji haqida «Kunutun» nashri ma`lumot berdi.
«Ayol» serialining bosh qahramoni Bahor Cheshmeli rolini gavdalantirgan aktrisa O`zge O`zpirinchji 1986 yilning 1 aprelida Istanbulda tavallud topgan.
Maktabni tamomlagach liseydagi ta`limini Amerika Qo`shma Shtatlarida davom ettiradi. Keyinchalik Sabanji Universitetining Menejment fakultetida tahsil oladi.
U ilk rollarini «Sevgiga jasorating bormi» va «Terak shamoli» seriallarida ijro etgan. Xushbichim qomat va go`zal yuzga ega yosh aktrisa tezda rejissyorlarning nazariga tushadi va birin-ketin yangi serial va filmlarda suratga tushish takliflarini ola boshlaydi.
Uning eng ko`zga ko`ringan rollaridan biri Chingiz Aytmatovning «Sarvqomat dilbarim» asari asosida suratga olingan filmdagi bosh qahramon obrazi.
Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida gapiradigan bo`lsak, hali turmush qurmagan, Burak Yamanturk ismli aktyor bilan ishqiy munosabatda.
Bahor Chtshmeli – «Ayol» serialining bosh qahramoni. Kichik yoshda onasi tark etib, otasi bilan ulg`aygan qiz, Sarp ismli yigit bilan tanishgach hayoti tubdan o`zgaradi. Baxtdan sarmast yashayotgan bir paytda erining o`limi ayolni ikki nafar farzandni yolg`iz boshi bilan katta qilishdek mushkul vazifani boshiga soladi. Bunday katta fojia ham uni hayotga bo`lgan umidini yo`qotishga sabab bo`lmaydi, aksincha bor kuchi bilan farzandlarini oyoqqa qo`yish uchun kurashadi.

«Ayol» seriali bosh qahramoning shaxsiy hayoti va ijodi