AYNIYAT QONUNI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AYNIYAT QONUNI haqida malumot bilib oling.

AYNIYAT QONUNI — toʻgʻri, mantiqiy fikrlashning muhim qonunlaridan biri. Ayniyat qonuni mantiq fani (formal mantiq)da oʻrganiladi. Ayniyat qonuni ham tafakkurning boshqa qonun va shakllari singari predmet, hodisalarning maʼlum obyektiv xususiyat va munosabatlarini aks ettiradi. Predmetlarning nisbiy mustaqillikka ega boʻlish xususiyati, maʼlum davr ichida maʼlum muayyanlikni saqlab qolishi, maʼlum aniq mazmun va shaklga ega boʻlishi, boshqa narsalardan farq qilib turishi inson tafakkurida bir necha minglab yillar davomida qayta-qayta aks etishi jarayonida Ayniyat qonuni shaklida ifodalangan. Bu qonun boʻyicha muhokamada, munozarada har bir fikr, har bir tushuncha oʻzining boshlangʻich maʼnosini oʻzgartirmasligi, aynan saqlanib qolishi, aniq, ravshan boʻlishi lozim. Ayniyat qonuni talablariga rioya etilmasa, fikrlash noaniq boʻladi, tushunchalar almashtirib yuboriladi, natijada tafakkur obyektiv reallikni toʻgʻri aks ettira olmaydi, haqiqatni bilib boʻlmaydi. Faqat mantiqiy, tafakkur uchun xos boʻlgan bu qonunning mazmunini keng maʼnoda ishlatish, obyektiv reallikka koʻchirish metafizikaga olib boradi. Bu qonun mantiqda A=A shaklida ifodalanadi.

Ensiklopediya.uz
AYNIYAT QONUNI