
AYMOQLAR haqida malumot bilib oling.
AYMOQLAR — Afgʻoniston va Oʻzbekistonda yashovchi bir qancha turkiy qabila, urugʻlarning umumiy nomi. 15—16-a. larda Fargʻona vodiysida, hoz. Qashqadaryo viloyatida yashagan. Asrlar oʻtishi bilan Oʻzbekiston hududidagi Aymoqlar oʻzbeklar tarkibiga kirib, oʻz qabila, urugʻ nomlarini yoʻqotgan, faqat bularning bir qismi Qashqadaryo viloyatida oʻz qabila nomlarini (aymoq) saqlab kelgan. Afgʻonistonda yashagan Aymoqlar tarkibiga forstojik tillarida gapiruvchi bir qancha qabila, urugʻlar kiradi. Hoz. vaqtda Aymoqlar — Afgʻonistonning shim.-gʻarbida yashovchi koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi (firuzkoʻhi, tayman, jamshid, taymurlar) turkiy va tojik tillarida gapiruvchi xalqlarning nomidir.
A. Afgʻoniston, Oʻzbekistondan tashqari Eronda ham yashaydilar (ular tayman guruhiga mansub boʻlib, umumiy soni 0,6 mln. kishi). Aymoqlar islom dinida boʻlib, bir qismi sunniy, bir qismi shia mazhabida (yana q. Choraymoqlar).
Ensiklopediya.uz
AYMOQLAR