AYIQMURUT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AYIQMURUT haqida malumot bilib oling.

AYIQMURUT, xirsmurut (Purus regelii) — raʼnodoshlar oilasiga mansub past boʻyli daraxt. Oʻrta Osiyo (Fapbiy Tyanshan, Pomir-Oloy)da tarqalgan. Toshkent, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida oʻsadi. Ayiqmurut noqulay, suvsiz, toshloq sharoitda, quruq togʻ yon bagʻirlarida va hatto qoyalarning yoriqlarida ham uchraydi. Apr. da gullab, avg. ning oxiri va sent. boshlarida pishadi. Mevasi dumaloq, qattiq, diametri 2—3 sm. Ayiqmurutning mevasi uzilib, 10—12 kun oʻtgach, yumshab shira tortganidan soʻng isteʼmol qilinadi. Mevasining qaynatmasidan tomoq ogʻrigʻini davolash va yuqumli kasalliklarning oldini olishda foydalaniladi. Ayiqmurutdan payvandtag sifatida, yangi nok navlari yetishtirishda, quruqtuproqli jan. togʻ yon bagʻirlarini oʻzlashtirishda va manzarali oʻsimlik sifatida foydalanish mumkin.

Ensiklopediya.uz
AYIQMURUT