Ayiq va arslon
Qarib bukchayib, yurolmay qolgan Ayiq ko‘chada o‘tirib olib, hadeb tesha bilan yer kovlar edi.Tepasiga hayvonlar sultoni Sher kelib so‘radi:Ayiq va arslon
DO`STLARGA ULASHING:
— Ha, Ayiqpolvon, yerni kovlab nima qilmoqchisan? Yo o‘zingga go‘r qaziyapsanmi?
— Ko‘rmayapsanmi, sultonim, daraxt ekyapman, — javob berdi Ayiq.
— Voy kaltafahm-ey, bir oyog‘ing yerda,bir oyog‘ing go‘rda bo‘la turib, ko‘chat ekayotganingni qara-ya! Bu hosil berguncha ko‘karib chiqasan-ku.
— Og‘zingga qarab gapir, — dedi Ayiqning jahli chiqib. — Burring hosilidan hali senga ham olib boraman.
Arslon ayiqning so‘zidan ta’sirlanib, unga bir tovoq asal berdi. Asalni qo‘lga olgan ayiq birdan xaholab kulib yubordi.
— Nega kulasan, befarosat, — dedi Arslon.
— Ey, hayvonlarning sultoni, o‘rmonlarning homiysi, kulmay nima qilay, kulaman-da. Manavini qara, — dedi Ayiq qo‘lidagi asalga ishora qilib, — ekkan ko‘chatimning birinchi hosilini ko‘rib turibman. O‘rnimdan turmasdan yotaverganimda sen asal tugul bir qultum suv ham bermasding.
Ayiq va arslon