
AYGUN SHARTNOMASI haqida malumot bilib oling.
AYGUN SHARTNOMASI — Rossiya bilan Xitoy oʻrtasida Aygun sh. da tuzilgan shartnoma (1858). Amur daryosi boʻylab chegara chizigʻi oʻrnatishni belgilagan. Aygun shartnomasiga binoan, Amur daryosining soʻl qirgʻogʻidagi yerlar (Argun daryosidan to Amurning dengizga quyilishigacha boʻlgan yerlar) Rossiyaga qoʻshildi. Amoʻrning Ussuri daryosigacha choʻzilib ketgan oʻng sohilidagi yerlar esa Xitoyga oʻtdi. Natijada Rossiya va Xitoy kemalari Amur, Ussuri va Soʻngari daryolarida suzib yurish uchun teng huquqqa ega boʻldi. Ikki mamlakat shu daryolar orqali savdosotiq qiladigan boʻldi. Aygun shartnomasiga binoan Ussuri oʻlkasi boʻylab belgilangan chegarani Tyanszin (1858) va Pekin (1860) shartnomalari qayta tasdiqladi.
Ensiklopediya.uz
AYGUN SHARTNOMASI