AYGʻOQCHI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AYGʻOQCHI haqida malumot bilib oling.

AYGʻOQCHI, aygʻoq (oygʻoq) , ayqoq (turkiycha — guvoh, isbotlovchi, maxfiy xabar yetkazuvchi) — 1) biror shaxs yoki ijtimoiy guruhga qarshi yolgʻon-yashiq ran yoyuvchi, igʻvo, tuhmat qilib kun kechiruvchi past, razil shaxs;

2) turkiy xalqlarda kishilar oʻrtasida sodir boʻlib turadigan janjallarni hal qilishda qatnashuvchi; bir yoki ikki guvohni ham Aygʻoqchi deyishgan; 3) oʻrta asrlarda (14—17 – a. lar) harbiy safar chogʻida qoʻshin oldida boradigan razved-kachi kichik bir harbiy boʻlinma (yana q. Ayyor, Razvedka).

Amir Temur zamonida Aygʻoqchi (ayqoq, aygʻoq) taftishchi maʼnosida ham qoʻllanilgani Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma»sida qayd etib oʻtilgan. Qoʻshin oldida boruvchi razvedkachi boʻlinma xabargiri deb ham atalgan.

Ensiklopediya.uz
AYGʻOQCHI