AYDAXO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AYDAXO haqida malumot bilib oling.

AYDAXO — AQSH shim.-gʻarbidagi shtat. Katta qismi togʻlardan iborat. Shim. va markazida Qoyali togʻlar, sharqida Kolumbiya platosi, jan. da Sneyk daryosi tekisligi bor. Mayd. 216,4 ming km2. Aholisi 1,1 mln. kishi (1992), jum-ladan, shahar aholisi 47,5%. Maʼmuriy markazi — Boyse sh. 3 mingga yaqin mahalliy xalqindeyslar bor. Shim. qismida konchilik sanoati va rangli metallurgiya (qurgʻoshin, pyx), jan. qismida sugʻoriladigan dehqonchilik (Sneyk daryosi va uning irmoqlari vodiylarida) iqtisodiyotining asosini tashkil etadi. Sugʻoriladigan ekin maydoni ishlanadigan yerlarning 1/3 qismini band qilgan. Asosiy ekinlari: kartoshka (ekin maydoni jihatidan AQSH da 1-oʻrinda, yalpi hosili jihatidan 2-oʻrinda turadi); qand lavlagi (AQSHda qand lavlagining 1Gʻ10 qismi), bugʻdoy va yem-xashak ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik, yaylov chorvachiligi rivojlangan. Q. x. tovar mahsulotining yarmiga yaqinini chorvachilik beradi. Aydaxoda kumush, rux va qoʻrgʻoshin qazib chiqariladi. Fosforit zaxirasi katta. Ishlab beruvchi sanoatda asosiy tarmoqlari — rangli metallurgiya (Kellogg), oziq-ovqat sanoati, oʻrmonchilik. Shtatning markaziy qismida atom energiyasi sohasida ilmiy ish olib boradigan yirik markaz bor. Turizm (Quyosh vodiysi va b.) rivojlangan, kurort koʻp. Amerikani gʻarbdan sharqqa kesib oʻtadigan 2 ta t. y. magistrali Aydaxodan oʻtadi.

Ensiklopediya.uz
AYDAXO