
AXTAMAR haqida malumot bilib oling.
AXTAMAR — oʻrta asr arman meʼmoriy yodgorliklarining noyob namunalari saqlangan Van koʻlidagi orol (hoz. Turkiya hududida), Arsrunidiylar (arman) podshohlari qarorgohi (10 — 11-a. lar). Avliyo xoch cherkovi (915 — 921, meʼmori Manuel; tarhi xochsimon, gumbazli, naqshlar va tosh oʻymakorligiga boy, boʻrtma naqshlarda dunyoviy va diniy syujetlar, hayvon va oʻsimliklar tasviri aks ettirilgan), port xarobalari (10-a.) va b. saqlangan.
Ensiklopediya.uz
AXTAMAR