AXMETOV Ilgizar Zalyalovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AXMETOV Ilgizar Zalyalovich haqida malumot bilib oling.

AXMETOV Ilgizar Zalyalovich (1929.1.1, Tatariston Respublikasi Kukmora tumani Oluyaz qishlogʻi) — biolog, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), biol. fanlari d-ri (1985), prof. (1990). OʻzDUni bitirgan (1956). Oʻzbekiston FA Qishloq xoʻjaligi (1956—58), Oʻzbekiston chorvachilik (1958—67), Oʻzbekiston FA Zoologiya va parazitologiya i. t. institutlarida ilmiy xodim (1956—87), Guliston davlat un-ti umumiy biol. kafedrasi mudiri (1987—99), 1999-y. dan kafedra prof. Oldin qoramollar fiziologiyasi va biokimyoviy xususiyatlarini oʻrganish asosida ular mahsuldorligini oshirish, keyinchalik Oʻrta Osiyo yovvoyi kemiruvchi hayvonlarining ekologik, fiziologik, morfologik xususiyatlari ustida tadqiqot ishlari olib borgan.

Ensiklopediya.uz
AXMETOV Ilgizar Zalyalovich