Axloqning asosiy printsiplari xususida
Axloqning asosiy printsiplari xususida
DO`STLARGA ULASHING:
Davlatning qadr-qimmati oxir-oqibat uni tashkil qilgan shaxslar qadr-qimmatiga bog‘liq.
J. MILLHayotdan uzib olpngan axloq har qanday axloqiy mohiyatni yo‘qotgan hayot yanglig axloqsizdir.
V. G. PLEXANOVTaraqqiyotning chinakam belgisi — boylik yoki ta’lim darajasi emas, shaharning kattaligi emas, hosilning mo‘l-ko‘lligi ham emas, balki shu o‘lka bag‘rida tarbiya topgan inson qiyofasidir.
R. EMERSONOdamlarga inson tabiati, tajribasi, idrokiga asoslangan insoniy axloq kerak.
K. GELVESIYTabiat inson qo‘liga qurol — intellektual axloqiy kuch-qudratni berdi, lekin u bu qurolni aks tomonga xizmat qildirishi ham mumkin, binobarin, axloqiy e’tiqodi, jinsiy va did instinktlari pastkash bo‘lgan odam eng nopok va vahshiy kimsaga aylanib qoladi.
ARASTUInson uchun xizmat qilmagan tafakkur nihoyatda dahshatlidir.
SOFOKLMadaniy vahshiylik — barcha vahshiyliklardan yomonroqdir.
K. VEBERSivilizatsiya so‘ziniig tom ma’nosi ehtiyojlarning kuchayishi emas, balki o‘z xohishlarini ixtiyoriy va yaxshi o‘ylagan holda tiyishdan iboratdir.
M. GANDIYaxshi kishilar yuksak axloqiy yetuklik va yuksak axloqiy obro‘ bilan ajralib turadilar.
F. M. DOSTOEVSKIYInsonning axloqiy tabiati uning jismoniy tabiatidan shu bilan ajralib turadiki, unda hech qanday absolyutlik yo‘q: yurish-turish biron-bir hodisa tufayli yuzaga chiqadigan xarakterlar yoki g‘oyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘ladi.
O.BALZAKDonoga aqlsiz barcha axloqiy qoidalar behudadir.
N. I. PIROGOVAvvalo yaxshi axloqni, keyin donishmandlikni o‘rgan, chunki axloqli bo‘lmay turib, donishmand bo‘lish amri mahol.
SENEKAVaqt, mehnat, halollik, bilim, o‘zni qo‘lga ola bilish, kishining jismoniy, aqliy va axloqiy qudrati — har qanday boylikning sababchisi mana shulardir.
K. D. UShINSKIYKishi o‘zini yaxshilik haqidagi va’zga emas, ezgu ishlar va fazilalarga o‘rgatmog‘i kerak.
DEMOKRITInson qanday bo‘lishi haqida qachongacha jar solish mumkin, inson bo‘lish vaqti ham kelgandir.
MARK AVRELIYOlijanoblik qanday bo‘lishini bilish uchun emas, balki yaxshi inson bo‘lish maqsadida fikr yuritishimiz lozim.
ARASTUOlijanoblik haqida muhokama yurgizish, bu hali olijanoblikni bildirmaydi, xuddi shuningdek, odillik haqida o‘ylashning o‘zi ham amalda odil bo‘lish degan gap emas.
ARASTUAxloqli kishi hatto o‘z hayotidan ayrilgan taqdirida ham do‘stlari va vatani uchun ko‘p ishlarni qiladi.
ARASTUAxloqiy fazilatlar odamning niyatida aks etadi.
ARASTUJinoiy xohishlar — bu badbaxtlikdir. Nopoklik bilan nimanidir qo‘lga kiritganingdan ko‘ra, istaganingga yetisholmaganing ham tuzuk.
SISERONBir o‘zing xoli qolganda ham badxoh ishga qo‘l urma, yomon so‘z aytma. Boshqalarga qaraganda o‘z-o‘zingdan ko‘proq istihola qilishni o‘rgan.
DEMOKRITUyatli ish qiluvchi avvalo o‘zidan uyalishi kerak.
DEMOKRIT
Kishi qanchalik aqliy va axloqiy kamol topgan bo‘lsa, u o‘zini shuchalik ozod his qiladi, unga hayot shunchalik kulib boqadi.
A. P. ChEXOVO‘rinli, axloqli va adolatli yashamay turib, yaxshi umr kechirib bo‘lmaydi va aksincha, yaxshi umr kechirmay turib, o‘rinli, axloqli va adolatli yashab bo‘lmaydi.
EPIKURAqliy halovatga axloqiy fazilatlar tufayli erishiladi.
D. I. PISAREVInson axloqsizlikdan huzur-halovat topishi mumkin emas; faqat axloq va yaxshilik bilangina u oliy huzur-halovatga yetishadi.
A. I. GERSENIdroklilik va axloqiylik hamisha bir-biriga muvofiq keladi.
L. N. TOLSTOYNimaki go‘zal ekan — u axloqiydir.
G. FLOBERAxloqli inson Anteyning aksidir: u jismi yerga tekkanda emas, balki erishib bo‘lmas darajada tuyulgan olis samodagi idealga ko‘z tikib kuchga to‘ladi.
A. FULEziyouz.uz
Axloqning asosiy printsiplari xususida