
AXEY ITTIFOQI haqida malumot bilib oling.
AXEY ITTIFOQI (mil. av. 280146) — Peloponnesda mil. av. 280-y. da tashkil topgan yunon shahar-davlatlari uyushmasi. U Makedoniyadagi shahar kambagʻallariga va qullarga qarshi kurashishni maqsad qilib olgan. Axey viloyatida tashkil topib, keyinroq uning hamma yeriga tarqalgan. Mil. av. 251-y. ga kelib ittifoqqa Sikion ham qoʻshildi. Strateg Arat davrida Axey ittifoqiga Korinf, Argos, Megara va b. shaharlar ham aʼzo boʻlgan. Ittifoqqa kirgan jamoalar ichki muxtoriyatdan foydalangan. Oliy hokimiyat ittifoqchi fuqarolarning majlisiga topshirilgan. Bu majlis axeylarning qad. diniy markazi Egion sh. da yiliga 2-marta chaqirilib turilgan. Majlis muhim masalalarni hal qilish bilan birga yuqori mansabdorlarni saylagan. Biroq Axey ittifoqiga Sparta, Elida va Messeniyaning kirishi Rimni xavotirga solgan, Rim A. i. ishiga faol aralasha boshlagan, bu esa Axey ittifoqining qarshiligiga duch kelgan. Mil. av. 146-y. da Rim Yunonistonni bosib olganidan keyin Axey ittifoqi tarqatib yuborilgan.
Ensiklopediya.uz
AXEY ITTIFOQI