
AXCHAKUL haqida malumot bilib oling.
AXCHAKUL — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi koʻl. Beruniy tumani hududida, Sulton Uvays togʻlarining jan.-sharqiy etagida joylashgan. A. Jan. Oqchadaryo deltasidagi pastqam shoʻrxoklikda sugʻorishdan ortgan tashlama suvlarning toʻplanishi natijasida 70-y. larda vujudga kelgan. Uz. 12 km, eni 2 km, oʻrtacha chuq. 1,5 — 3 m. Koʻlning katta qismi qamish, qoʻgʻa va gidrofitlar bilan band. Keyingi yillarda koʻlga zovur suvining tushishi (Beruniy tashlamasi va b.) natijasida shoʻrligi ortdi. Shoʻrligi 1 l da 10 — 12 g. Baliqchilikda foydalaniladi.
Ensiklopediya.uz
AXCHAKUL