Axborot-ishora belgilari (yo’l qoidalari)

Axborot-ishora belgilari (yo’l qoidalari)

5. Axborot-ishora belgilari.


Axborot-ishora belgilari harakatlanishga muayyan tartib kiritadi yoki uni bekor qiladi. Harakat qatnashchilariga yo’ldagi harakat tartibi xususiyatlari hamda aholi yashaydigan joylar va manzillarning joylashuvi haqida ma’lumot beradi.

uzsmart.ru

5.1-Avtomagistral

Maxsus tartib (qoidalar) o’rnatilgan va transport vositalarining tez, xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydigan avtomagistral boshlanishiga ushbu belgi o’rnatiladi.

uzsmart.ru

5.2-Avtomagistralning oxiri
Ushbu belgi o’rnatilgan joydan boshlab maxsus tartib talablari bekor qilinadi va avtomobillar uchun mo’ljallangan yo’l tartibi kiradi.

uzsmart.ru

5.3-Avtomobillar uchun mo’ljallangan yo’l

Ushbu belgi barcha turdagi avtomobillar, avtobus va mototsikllarlarning harakatlanishiga ryxsat etib, ot-arava velosiped kabi transportlarning harakatini taqiqlaydi.

uzsmart.ru

5.4-Avtomobillar uchun mo’ljallangan yo’lning oxiri
Ushbu belgi o’rnatilgan joydan boshlab barcha turdagi transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etadi.

uzsmart.ru

5.5-Bir tomonlama harakatlanish yo’li

Tor ko’cha va yo’llarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida transport vositalarining harakatini yo’lning qatnov qismi bo’yicha bir tomonlama joriy etish uchun ushbu yo’l belgisidan foydalaniladi.
Bu belgi yo’l boshida o’rnatilib, harakat davomida orqaga qayrilishni taqiqlaydi. Aholi yashaydigan joylarda bir tomonlama harakatlanish joriy etilgan yo’llarning chap tarafida to’xtash va to’xtab turishga ruxsat etiladi.
bir taraflama harakatlanish joriy etilgan yo’llarda hovli va yo’lga tutash boshqa hududlarga burilish taqiqlanmaydi.

uzsmart.ru

5.6-Bir tomonlama harakatlanish yo’lining oxiri
Ushbu belgi transport vositalari bir tomonlama harakatlanadigan yo’lning tugaganligini bildiradi.

uzsmart.ru

5.7.1-Bir tomonlama harakatlanish yo’liga chiqish

uzsmart.ru

5.7.2-Bir tomonlama harakatlanish yo’liga chiqish

Ushbu belgilar chorraha oldida o’rnatilib, haydovchiga kesishadigan yo’lda belgi yo’nalishi bo’yicha bir tomonlama harakatlanish joriy etilganini ko’rsatadi.
Harakatlanish bir tomonlama bo’lgan yo’lga yoki qatnov qismiga chiqish.

uzsmart.ru

5.8.1-Bo’laklar bo’yicha harakatlanish yo’nalishi
Ushbu belgi chorrahaga yaqin (chorrahada) ko’p bo’lakli keng yo’llarda harakatlanish tartibini belgilaydi.
Haydovchilarga tushinish oson bo’lishi uchun bir belgida uchtagacha bo’lakdagi harakatlanishni ifodalash mumkin. Bo’laklar soni uchtadan ortiq bo’lsa yana belgi kiritish lozim.
Shuni ta’kidlash kerakki, chapga burilishga ruxsat etilgan joydan orqaga qayrilish ham mumkin.
Bo’laklar soni va har biri bo’yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo’nalishi.

uzsmart.ru

5.8.2-Bo’lak bo’yicha harakatlanish yo’nalishi

Ushbu belgi avvalgi 5.8.1 belgisining bir turi bo’lib, har bir bo’lakdagi harakatlanish tartibi alohida belgi bilan ko’rsatiladi.
Bo’lak bo’yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo’nalishi.
Yo’lning chetki chap bo’lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu bo’lakdan qayrilishga ham ruxsat beradi.
Chorrahadan oldin o’rnatilgan 5.8.1 va 5.8.2 belgilarining ta’siri, agar shu turkumdagi boshqa belgilar o’rnatilmagan bo’lsa, butun chorrahaga tadbiq etiladi.

uzsmart.ru

5.8.3-Bo’lakning boshlanishi
Yo’lning balandlikka ko’tariladigan qismlarida og’ir yuk avtomobillari va sekin yuradigan transportlar boshqa transport vositalariga halaqit bermasligi uchun ularga qo’shimcha bo’lak ajratilib, bo’lak boshlanish joyiga ushbu belgi o’rnatiladi, bo’lak oxiriga esa 5.8.5
Bo’lak oxiri
belgisi o’rnatiladi.
Agar qo’shimcha bo’lak oldida 4.7
Eng kam tezlik
belgisi o’rnatilgan bo’lsa, ko’rsatilgan yoki undan kattaroq tezlikda harakatlana olmaydigan transport vositasining haydovchisi asosiy bo’lakdan qo’shimcha bo’lakka qayta tizilishi kerak.

uzsmart.ru

5.8.4-Bo’lakning boshlanishi
Uch bo’lakli yo’llarda o’rta bo’lakdan foydalanishga ruxsat etiladigan qism oldida ushbu belgi o’rnatilib, bu bo’lak sekin yuradgan transport vositalaridan o’zib ketishga imkon beradi.
Uch bo’lakli yo’llarda harakatlanish uchun o’rta bo’lakning boshlanishi.

uzsmart.ru

5.8.5-Bo’lak oxiri

Balandlikka ko’tarilish yoki to’xtash qismidagi qo’shimcha bo’lakning oxiri.

uzsmart.ru

5.8.6-Bo’lak oxiri

Uch bo’lakli yo’lning foydalanishga ruxsat etilgan o’rta bo’lak qismi tugashi oldida ushbu belgi o’rnatiladi.

uzsmart.ru

5.8.7-Bo’laklar bo’yicha harakatlanish yo’nalishi

uzsmart.ru

5.8.8-Bo’laklar bo’yicha harakatlanish yo’nalishi
Ushbu belgilar (5.8.7 va 5.8.8) chorraha oldida o’rnatilib, transport vositalarining ro’para qatnovlariga mo’ljallangan uch bo’lakli yo’llarda harakatlanish tartibini belgilaydi.
Bu belgilar bo’lmasa, haydovchi o’rta bo’lakni ikkala tarafdan quvib o’tishga mo’ljallangan deb o’ylashi mumkin. Ba’zi hollarda transport oqimining tezligini oshirish uchun yuk avtomobillarining o’rta bo’lak bo’yicha harakatlanishi taqiqlanadi. Yuk avtomobillari chekka (o’ng) bo’lakdan harakatlanadi.
Agar 5.8.7 belgisida biror transport vositasining harakatlanishini taqiqlovchi belgi tasvirlangan bo’lsa, unda bu transport vositasining tegishli bo’lakda harakatlanishi taqiqlanadi.
5.8.7 va 5.8.8 belgilari yo’nalishlar soniga ko’ra to’rt va undan ortiq bo’lakli yo’llarga ham tadbiq etilishi mumkin. Tasviri almashilgan 5.8.7, 5.8.8 belgilari yordamida reversiv harakat tashkil etilishi mumkin.

uzsmart.ru

5.9-Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun mo’ljallangan bo’lak

Ushbu belgi transport vositalarining oqimi bo’yicha yo’nalgan, belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun mo’ljallangan bo’lakni belgilashda ishlatiladi.
Ushbu bo’lak boshqalaridan sidirg’a chiziq bilan ajratilgan bo’lsa, u holda bu bo’lakka boshqa transport vositalari kirishi taqiqlanadi.Agar uzuq chiziqchalar bilan chiziqchalar bilan chegaralangan bo’lsa, u holda yo’lovchi tushirish yoki olish, o’ngga burilish uchun bo’lakka kirish mumkin.
Transport vositalari yo’nalishida harakatlanadigan belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun mo’ljallangan bo’lak.
Belgi qaysi bo’lak ustida joylashgan bo’lsa, shu bo’lakka tatbiq etiladi. Yolning o’ng tomoniga o’rnatilgan belgining ta’siri o’ng bo’lakka tatbiq etiladi.

uzsmart.ru

5.10.1-Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun bo’lagi bor yo’l

Ushbu belgi bir tomonlama harakatlanish yo’lining chetki chap bo’lagi belgilangan yo’nalishli transport vositalariga ajratilgani haqida axborot beradi.
Bo’lak boshqalaridan (uzuq bo’lmagan) sidirg’a chiziq bilan ajratilib, unga boshqa transport vositalari kirishi taqiqlanadi.

uzsmart.ru

5.10.2-Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun bo’lagi bor yo’l

uzsmart.ru

5.10.3-Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun bo’lagi bor yo’l

Ushbu (5.10.2, 5.10.3) belgilar kesishadigan yo’lda bir tomonlama harakatlanish joriy qilinganligini bildirib, yo’lning bir bo’lagi belgilangan yo’nalishli transport vositalariga ajratilgan va uni boshqa transport vositalarining harakatlanishiga qarama-qarshi yo’nalishda ekanligi haqida axborot beradi.

uzsmart.ru

5.10.4-Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun bo’lagi bor yo’lning oxiri
Ushbu belgi o’rnatilgan joydan boshlab barcha transport vositalari yo’l qatnov qismining barcha kengligi bo’yicha harakatlanishi, yo’l chetida to’xtashi va to’xtab turishi mumkin.

uzsmart.ru

5.11.1-Qayirilish joyi

Bu joyda chapga burilish taqiqlanadi.

uzsmart.ru

5.11.2-Qayirilish oralig’i

Ushbu belgilar qayrilish joyi va uning oralig’ini belgilab, transport vositalarining chapga burilishini taqiqlaydi.
Qayirilish oralig’ining uzunligi. Chapga burilish taqiqlanadi.

uzsmart.ru

5.12-Avtobus va trolleybus to’xtash joyi

uzsmart.ru

5.13-Tramvay to’xtash joyi

uzsmart.ru

5.14-Taksi to’xtab turish joyi
Ushbu (5.12, 5.13, 5.14) belgilar o’ziga xos transport vositalarining to’xtash va to’xtab turish joylarini ko’rsatib, belgi o’rnatilgan joydan 15 metrgacha masofada boshqa transport vositalarining to’xtash va to’xtab turishini taqiqlaydi.

uzsmart.ru

5.15-To’xtab turish joyi
Transport vositalarining uzoq va qisqa muddatga to’xtab turish joyi.

uzsmart.ru

5.16.1-Piyodalar o’tish joyi

uzsmart.ru

5.16.2-Piyodalar o’tish joyi
Ushbu (5.16.1 va 5.16.2) belgilar piyodalar o’tish joyini belgilab, zebra shaklidagi yotiq chiziq bilan yoki ularsiz ishlatilishi mumkin.
O’tish joyi oldida 1.14.1-1.14.3 yotiq chizig’i bo’lmaganda 5.16.2 belgisi yo’ldan o’ng tomonga o’tish joyining old chegarasiga, 5.16.1 belgisi esa chap tomon o’tish joyining orqa chegarasiga o’rnatiladi.

uzsmart.ru

5.17.1-Piyodalarning er ostidan o’tish joyi
Ushbu belgi er ostidan (serqatnov ko’chalarning ostidan) o’tish joyini ko’rsatadi.

uzsmart.ru

5.17.2-Piyodalarning er ostidan o’tish joyi
Ushbu belgi er ostidan (serqatnov ko’chalarning ostidan) o’tish joyini ko’rsatadi.

uzsmart.ru

5.17.3-Piyodalarning er ustidan o’tish joyi
Ushbu belgi er ustidan (ko’pincha temir yo’l ustidan) o’tish joyini ko’rsatadi.

uzsmart.ru

5.17.4-Piyodalarning er ustidan o’tish joyi
Ushbu belgi er ustidan (ko’pincha temir yo’l ustidan) o’tish joyini ko’rsatadi.

uzsmart.ru

5.18-Tavsiya etilgan tezlik

Ushbu belgi yo’lning shart-sharoitlari yoki meterologiya (ob havo) sharoitlariga qarab shu qism uchun ma’lum tezlikni (belgida ko’rsatilganini) tavsiya qiladi.
Agar bu belgi ogophlantiruvchi belgi bilan birga qo’llansa, uning ta’sir oralig’i xavfli qismning uzunligi bilan aniqlanadi.
Yo’lning shu qismida tavsiya etilgan harakatlanish tezligi. Belgiga eng yaqin chorrahagacha amal qilinadi. 5.18 belgisi ogohlantiruvchi belgi bilan birga qo’llansa, uning ta’sir oralig’i xavfli qismning uzunligi bilan aniqlanadi.

uzsmart.ru

5.19.1-Oxiri berk yo’l, ko’cha

Ushbu belgi yo’lning davomi yo’q, oxiri berk ekanligini ko’rsatib, harakatlanishni taqiqlamaydi (ko’chaga kirishni taqiqlamaydi).

uzsmart.ru

5.19.2-Oxiri berk yo’l, ko’cha
Ushbu belgi yo’lning davomi yo’q, oxiri berk ekanligini ko’rsatib, harakatlanishni taqiqlamaydi (ko’chaga kirishni taqiqlamaydi).

uzsmart.ru

5.19.3-Oxiri berk yo’l, ko’cha
Ushbu belgi yo’lning davomi yo’q, oxiri berk ekanligini ko’rsatib, harakatlanishni taqiqlamaydi (ko’chaga kirishni taqiqlamaydi).

Yo’nalishlarning dastlabki ko’rsatkichi

Bu belgining avvalgi belgidan farqi shundaki, unda aholi yashaydigan joy va boshqa manzillarga borish yo’nalishi ko’rsatilganidadir.
Avtomagistral yo’nalishi yashil asosli belgi bilan, oddiy yo’llarning yo’nalishi esa asosi havo rang belgi bilan ko’rsatiladi.
Belgida aholi yashaydigan joyga va boshqa manzillarga tomon harakatlanish yo’nalishi ko’rsatilgan.
Belgida 5.29.1 belgisining hamda avtomagistral, aeraport va boshqa ramziy belgilar tasviri tushirilgan bo’lishi mumkin.

uzsmart.ru

5.20.3-Harakatlanish tasviri
Ushbu belgi biror yo’nalish bo’yicha harakatlanish taqiqlangan murakkab chorrahalarda harakatlanish tartibini ko’rsatadi.
U chorraha oldida o’rnatilib, ayrim harakatlar taqiqlangan vatda harakatlanish yo’nalishi yoki serqatnov chorrahada ruxsat etilgan harakatlanish yo’nalishini ko’rsatadi.

Yo’nalishlar ko’rsatkichi
Ushbu belgi bir necha manzil tomon harakatlanish yo’nalishlarini ko’rsatadi.
Belgilarda manzillargacha bo’lgan masofa (km) ko’rsatilishi, avtomagistrallar, aeroportlar va boshqa ramziy belgilar tasvirlangan bo’lishi mumkin.

Aholi yashaydigan joyning oxiri

Ushbu belgi o’rnatilgan joydan boshlab, avvalgi belgi 5.22 kiritgan chegaralar bekor qilinadi.
Ushbu qoidalarning aholi yashaydigan joylarda harakatlanish tartibi talablari bekor qilingan joy.

Aholi yashaydigan joyning ohiri

Ushbu belgi avvalgi belgi ko’rsatilgan geografik joyning oxirini bildiradi.
5.24 belgisi bilan ko’rsatilgan aholi yashaydigan joyning ohiri.

Masofalar ko’rsatkichi
Ushbu belgi shaharlardan chiqib ketish joylariga o’rnatilib, yo’nalish bo’yicha joylashgan aholi yashaydigan manzilgacha bo’lgan masofani bildiradi.Harakatdagi haydovchi o’qib ulgirishi uchun bitta belgida uchtagacha manzil nomi yozilishi mumkin.
Yo’nalish boyicha joylashgan aholi yashaydigan joylargacha bo’lgan masofa (km).

uzsmart.ru

5.28-Kilometr belgisi

Ushbu belgi yo’l boshlanganidan boshlab har bir kilometrda o’rnatiladi.
Yo’lning boshi yoki oxirigacha bo’lgan masofa

uzsmart.ru

5.29.1-Yo’l raqami

uzsmart.ru

5.29.2-Yo’l raqami

Ushbu belgi (5.29.1 va 5.29.2)lari yo’l raqamini va yo’nalishini ko’rsatib, haydovchiga avtomobil yo’llari atlasi bo’yicha undan foydalanishni osonlashtiradi.
5.29.1 — yo’lga berilgan raqam, 5.29.2 — yo’lning raqami va yo’nalishi.

uzsmart.ru

5.30.1-Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo’nalishi

uzsmart.ru

5.30.2-Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo’nalishi

uzsmart.ru

5.30.3-Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo’nalishi

Ushbu (5.30.1, 5.30.2 va 5.30.3) belgilar chorraha oldida o’rnatilib, yuk avtomobillari haydovchilariga eng qulay yo’lni ko’rsatadi va shu yo’nalish bo’yicha harakatlanishni tavsiya etadi. Boshqa yo’llarga burilish taqiqlanmaydi, lekin tez orada yuk avtomobillari harakatlanishni taqiqlaydigan belgiga olib keladi.
Chorrahada yuk avtomobillari, traktorlar va o’ziyurar moslamalarga biror yo’nalishda harakatlanish taqiqlangan bo’lsa, bunday transport vositalariga tavsiya etilgan harakatlanish yo’nalishlari.

Chetlab o’tish yo’nalishi

Chetlab o’tish yo’nalishi
Asosi sariq rangda bo’lgan ushbu (5.32.1, 5.32.2, 5.32.3) belgilar vaqtincha yopib qo’yilgan yo’l qismini chetlab o’tish yo’nalishini ko’rsatadi.
Belgi aholi yashaydigan joylarda 50-100 metr, aholi yashaydigan joylardan tashqarida 150-300 metr, ba’zi hollarda aylanib o’tiladigan yo’lning oldida o’rnatiladi.

uzsmart.ru

5.34.1-Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlang’ich ko’rsatkichi

Ushbu belgi ajratuvchi bo’lakli yo’llarda turli tadbirlar (xalq sayli, miting, sport yig’ilishlari sababli, vaqtincha yopib qo’yilgan yo’l qismini aylanib o’tish yo’nalishini yoki boshqa qatnov qismiga o’tish yo’nalishini ko’rsatadi.
Ajratuvchi bo’lagi bo’lgan yo’lning harakatlanish uchun yopiq hududini aylanib o’tish yoki ong tomondagi qatnov qismiga qaytish uchun harakatlanish yo’nalishi.

uzsmart.ru

5.35-Reversiv harakatlanish
Ushbu belgi yo’lning boshida o’rnatilib, Bir yoki bir necha bo’laklarda harakatlanish yo’nalishining qarama-qarshi tomonga o’zgarishi mumkinligi haqida axborot beradi.

uzsmart.ru

5.36-Reversiv harakatlanish oxiri
5.36 belgisi yo’lning oxiriga o’rnatilib reversiv harakatlanishning oxirini ko’rsatadi.

uzsmart.ru

5.37-Reversiv harakatlanish yo’liga chiqish
ushbu belgi chorraha oldida o’rnatilib, kesishadigan yo’lning bir yoki bir necha bo’laklarida harakatlanish yo’nalishi qarama-qarshi tomonga o’zgarishi mumkinligi haqida axborot beradi.

uzsmart.ru

5.38-Turar-joy dahasi

Turar joy dahalarida piyodalar trotuardan tashqari qatnov qismida ham harakatlanishi mumkin. Bunda piyodalar imtiyozga ega bo’ladilar. Haydovchiga yurgizg’ichni ishlab turgan holda to’xtab turishi, mexanik transport vositasini boshqarishni o’rgatish va to’la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo’lgan avtomobillarning (maxsus maydon bo’lmasa) to’xtab turishi taqiqlanadi.
Yo’l harakati qoidalarining turar-joy dahalarida harakatlanish tartibi o’rnatilgan yo’l.

uzsmart.ru

5.39-Turar-joy dahasining oxiri

Tavsiya qilamiz

Avto, Ypx Jarimalari
Axborot-ishora belgilari