AXALTAKA XARBIN YURISHLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AXALTAKA XARBIN YURISHLARI haqida malumot bilib oling.

AXALTAKA XARBIN YURISHLARI — rus qoʻshinlarining Axaltaka (Turkmaniston) vohasini egallash maqsadida 1879, 1880-81 y. lardagi yurishlari (rus manbalarida Axaltaka ekspeditsiyasi deb ataladi). 1869-y. Krasnovodsk (1992-y. dan Turkmanboshi) sh. ga asos solingach, rus podsho hukumatining turkmanlar yerlarini bosib olish ishtiyoqi kuchaydi. Krasnovodskdan general Lazarev qoʻmondonligida 20 minglik qoʻshin 1879-y. iyulda Koʻktepaga hujum qiladi. Ruslar katta talofat koʻrib, ortga chekinishga majbur boʻladilar. Bu holdan foydalangan Angliya 1880-y. 10-iyunda Afgʻonistonni oʻziga tobe etdi. Aleksandr II Turkmanistonni bosib olishni M. D. Skobelevga topshirdi. Axaltaka vohasiga yoʻl ochish maqsadida Krasnovodskdan boshlab t. y. qurilishi boshlandi. M. D. Skobelev taka turkmanlar qoʻmondoni Tiqma Sardor nomining mashhurligi, uning botirligi haqida eshitgan edi. U 800 nafarlik qoʻshin b-n Bomi, Yangi qalʼa qishloklariga 1880-y. iyulda kelib Koʻktepa atroflarini oʻrgandi. Otliq turkman toʻdalari hujumlarini qaytarib turdi. 1880-y. 30 noyab. da Koʻktepadan 10 chaqirimcha uzoqda boʻlgan Yaganbotir qelʼasini egallaydi. Taka turkmanlar rus qoʻshinlariga hujum qilib, 3000 bosh tuyani oʻlja tushiradilar. M. D. Skobelev Koʻktepa atrofini aylanib chiqib, qalinligi 6 — 8 m li mudofaa devorlarini portlatish uchun bir necha tonna portlatuvchi dori keltirgan edi. Rus qoʻshinlari 8000 nafar boʻlib, 70 dan ortiq zambarakka ega boʻlganlar. Koʻktepa qalʼasi hujum b-n ishgʻol qilingach (1881-y. 12 yanv.) talon-taroj qilish uchun toʻrt kun askarlar ixtiyoriga topshirib qoʻyildi. Qyalʼa mudofaachilari 25 ming nafar (boshqa manbalarga koʻra 45 ming, shu jumladan keksalar, xotin-qizlar, bolalar) boʻlib, ularning bor-yoʻgʻi 5000 pilta miltigʻi bor edi. Qalʼa axdidan biror kishi ham omon qolmagan.

Ensiklopediya.uz
AXALTAKA XARBIN YURISHLARI