AVURSAK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVURSAK haqida malumot bilib oling.

AVURSAKshoyi va atlas toʻquvchilar korxonasining ipak pishitish boʻlimidagi choridor va tegirmonta ulangan taxtacha (uz. 2 m). Avursakning uchidagi mix tegirmon tirnogʻi (teshigi) ga solinadi. Tegirmon aylansa, Avursak ham harakatlanadi va dugdondan kelgan ipakni choriga oʻraydi. Choriga bir qator ipak toʻlsa, Avursak mixi boshqa teshikka solinadi va ipak chorining yuziga katak (toʻr) shaklida uraladi.

Ensiklopediya.uz
AVURSAK