
AVTOXTONLAR haqida malumot bilib oling.
AVTOXTONLAR (yun. autochthones — mahalliy, jaydari) , aborigenlar — bir joyda evolyutsiya jarayonida paydo boʻlgan mahalliy organizmlar. Avtoxtonlar paydo boʻlgan joyni ular kelib chiqqan markaz yoki makon deyiladi. Avtoxtonlar tur, kenja tur, turkum yoki urugʻ kabi taksonomik birliklardan iborat boʻlishi mumkin. Organizmning bir tizimdagi darajasi qanchalik quyi va areali tor boʻlsa, uning avtoxton ekanligiga va zamonaviy areali uning makoni ekanligiga shunchalik koʻp ishonch hosil boʻladi. Hayvonlardan taroqbarmoq, qoʻshoyoq va sugʻur, oʻsimliklardan darmana, tovsagʻiz Markaziy Osiyo uchun Avtoxtonlar dir. Avtoxtonlar bilan endemik tushunchasi, koʻpincha, bir kelishi mumkin. Mac, Kaspiy tyuleni Kaspiy dengizi uchun ham endemik, ham avtoxtondir.
Ensiklopediya.uz
AVTOXTONLAR