AVTOTROPIZM (avto… va yun. tropos – harakat, burilish) — biror tashqi omil taʼsirida bukilib qolgan oʻsimlik organlarining oldingi holatini tiklab olish xususiyati. Mas, boshoqli oʻsimliklarning yomgʻir taʼsirida yotib qolgandan keyin yana boshogʻini tiklab olishi (q. Tropizm).