Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (tonirovka) ruxsatnoma olish to’liq malumot oling

Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (tonirovka) ruxsatnoma olish to’liq malumot oling

avtotransport vositalari oynalarining tusini ozgartirishga tonirovka ruxsatnoma olish 1

Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish

Bu qanday ishlaydi?
Foydalanuvchi so‘rovnomani to‘ldirib yuboradi.
Taqdim etilgan kvitantsiya bo‘yicha to‘lovni amalga oshiradi.
QR-kod qo‘yilgan ruxsatnomani oladi.

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Bog‘lanish: +99871 267-63-15

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilgan guvohnomasi (texpasport).

Xizmatni ko‘rsatish muddati:

To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng 2 soat mobaynida.
To‘lov amalga oshirilmagan (noto‘g‘ri shakllantirilgan) arizalar 10 kundan so‘ng avtomatik ravishda o‘chiriladi.

2022-yil 1-iyuldan boshlab:

engil avtotransport vositalarining orqa yon oynalari tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma olish tartibi bekor qilindi;
jismoniy va yuridik shaxslarning engil avtotransport vositalari old yon oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berganlik uchun to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari etib belgilandi.

Xizmat narxi:

Old yon oynalarga:

7,2 BHM (jismoniy va yuridik shaxslarga)
36 BHM (avtobus, mikroavtobus, uchinchi sinf avtotransportlar)

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun:

Old yon oynalarga 12,6 BHM

Foydali Maslahatlar
Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (tonirovka) ruxsatnoma olish