
AVTOSALON haqida malumot bilib oling.
AVTOSALON — avtomobillar yangi modellari namoyish etiladigan va sotiladigan koʻrgazma (yoki uning bir boʻlimi). Oʻzbekistonda Avtosalonlar asosan 1994-y. dan boshlab ochila boshlagan. Avtosalon larning asosiy qismi Oʻzbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasi («Oʻzavtosanoat») va maishiy xizmat tizimidagi «Oʻzavtotexxizmat» aksiyadorlik jamiyatining viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga qaraydi. 1999-y. da Oʻzbekistonda 77 Avtosalon ishladi. Toshkent sh. da 16 Avtosalon ishlab turibdi.
Avtosalon larda Asaka avtomobil z-dida ishlab chiqarilgan «Neksiya», «Damas» va «Tiko»avtomobillari, shuningdek, «Fiat» (Italiya), «Shevrolet», «Kadillak», «Kraysler» (AQSH), «Kartal», «Dagan», «Iveko», «Karson» (Turkiya) singari xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar, avtobuslar, ularning ehtiyot qismlari va b. ham namoyish qilinadi. Ayrim Avtosalon larda sotuvga chiqarilgan avtomobillarni sotuv oldi koʻrigini oʻtkazish, qismlarini sotishga buyurtma qabul qilish, servis va sotuv oldi xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan.
Baxtiyor Avazov.
Ensiklopediya.uz
AVTOSALON