AVTORALLI haqida malumot bilib oling.
AVTORALLI (avto… va ing. rally — yigʻin) — avtomobil sporti boʻyicha kompleks musobaqalar. Bunda muayyan yoʻnalish boʻyicha belgilangan harakat jadvaliga aniq rioya qilinadi. Ishtirokchilarning asosiy vazifasi — vaqt nazorati joylariga fursatida yetib kelishi; kechikkanlik yoki barvaqt yetib kelganlik uchun jarima xollari (ochkolar) yoziladi. Avtorallida qoʻshimcha sinovlar — shosse, ippodrom yoʻlkalari boʻylab poygalar, tik qiyalikni bosib oʻtish, figurali haydash kabilar kiritilishi mumkin.
Ensiklopediya.uz
AVTORALLI