Avtomobil kuzovi turlari
Avtomobil kuzovi turlari
/ Avto Olam / От
DO`STLARGA ULASHING:
Avtomobil kuzovi turlari
Mashinalar bir qancha kuzov turlariga bo’linadi. Bu nomlar qayerdan kelib chiqqaniga diqqat qiling
Hatchback. “Xetchbek” atamasi avtomobilning orqa kuzov konstruksiyasi dizaynidan olingan. Xetchbek odatda yuk bo’limiga kirishni ta’minlash uchun yuqoriga ochiladigan orqa eshikka ega, ha to’g’ri hatchbacklar rasman 5 ta eshikka ega. Bu orqa eshik “hatch” deb ataladi va u yuk mashinalari kabi kuzov yon devoriga emas, balki tomga o’rnatilgan. bu esa avtomobilni yuk sig’dirish imkoniyatlarini oshiradi
Sedan. «Sedan» so’zi lotincha «sedere» fe’lidan kelib chiqqan bo’lib, «o’tirish» degan ma’noni anglatadi. Bu mantiqan to’g’ri keladi, chunki “sedan kreslolari” ham “sedan mashinalari” ham qulay o’tirish uchun yaratilgan !
Wagon. Wagon avtomobillari o’z nomlarini bevosita vagonlardagi tarixiy ildizlaridan oladi. Ushbu mehnatkash transport vositalari asrlar davomida mavjud bo’lib, yuklarni, oilalarni va hatto chorva mollarini tashish kabi turli maqsadlarga xizmat qiladi.
SUV(Sport utility vehicle). Bu turdagi mashinalar o’zida yo’lovchilarni tashish bilan birga yo’ltanlamas xarakterga ega.SUVlar sedanlar yoki xetchbeklarga qaraganda yerdan balandroq o’tirib, baland-past yerlarda yaxshiroq harakatlanish va haydovchiga yuqoriroq qarash imkonini beradi. Ular ko’pincha 4WD(four wheel drive) ya’ni hamma g’ildiraklari bir vaqtning o’zida tortishi bilan notekis yoki sirpanchiq hududlarda o’zini yaxshi tutishi bilan xarakterlanadi.
Convertible. «Kabriolet» atamasi kelib chiqish tarixiga ko’ra avtomobillarga xos emas edi. U dastlab mebel yoki kiyim-kechak kabi bir shakldan boshqasiga o’zgartirilishi mumkin bo’lgan narsalar uchun ishlatilgan. Ammo uning avtomobillar bilan aloqasi 20-asrning boshlarida, ayniqsa konvertatsiya qilinadigan foytunlar ko’payishi bilan kuchaydi. Ushbu ot bilan tortiladigan aravalar tushirilishi yoki ko’tarilishi mumkin bo’lgan yig’ma tomlarga ega bo’lib, ochiq havoda yurish tajribasini yaratgan va hozirgi kunda kabriolet mashinalar ham aynan shunday xususiyatga ega
@Avtomexanik_07
Avtomobil kuzovi turlari