Avtomobilь benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi to‘lovini tayinlash to’liq malumot oling

Avtomobilь benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi to‘lovini tayinlash to’liq malumot oling

avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi tolovini tayinlash 1

Oylik pul kompensatsiyasi to‘lovi uni olish huquqiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan, engil avtomobilь, motoaravacha yoki mototsiklga ega bo‘lgan va ulardan foydalanadigan shaxslarga tayinlanadi.

Oylik pul kompensatsiyasi to‘lovi ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning yashash joyi bo‘yicha pensiyalar va nafaqalarni tayinlaydigan organlar tomonidan pensiyalar va nafaqalarni to‘lash uchun belgilangan muddatlarda, alohida qaydnomalar bo‘yicha tijorat banki yoki boshqa ixtisoslashgan tashkilot orqali amalga oshiriladi.

1941 — 1945-yillardagi urush, boshqa urushlar davrida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishda harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni o‘tashda yarador, mayib bo‘lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo‘lish oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar oylik pul kompensatsiyasini olish huquqiga ega bo‘lgan urush nogironlari hisoblanadi.

Quyidagi shaxslar urush nogironlariga tenglashtiriladi:

sobiq SSSR va O‘zbekiston Respublikasi chegaralarini himoya qilishda yarador, mayib bo‘lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo‘lish oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar;
1941-yil 22 iyundan 1954-yil 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda sobiq SSSR hududida harakat qilgan qiruvchi batalьonlar, vzvodlar va xalqni himoya qilish otryadlarida bo‘lgan davrda yarador, mayib bo‘lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo‘lish sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
front yaqinida joylashgan temir yo‘l uchastkalari, mudofaa chizig‘i inshootlari, harbiy-dengiz bazalari, aerodromlar va boshqa harbiy ob’ektlardagi ishlarda qatnashgan hamda 1941 — 1945-yillardagi urush yillarida harbiy harakatlar mintaqalarida yarador, mayib bo‘lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo‘lish sababli nogiron bo‘lib qolgan xodimlar;
1941 — 1945-yillardagi urush yillarida partizan otryadlari va qo‘shilmalarida yoxud yashirin ishlarda bo‘lish davrida yarador, mayib bo‘lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo‘lish oqibatida nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
1941 — 1945-yillardagi urush yillarida harakatdagi armiya tarkibida ishlagan davrda yarador, mayib bo‘lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo‘lish oqibatida nogiron bo‘lib qolgan erkin yollanganlar tarkibiga kirgan shaxslar;
ichki ishlar organlari, davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibiga kiradigan, jangovar harakatlar olib borilgan mamlakatlarda tinchlik o‘rnatish kuchlarida qatnashish hamda baynalmilal burchni bajarish bilan bog‘liq yarador, mayib bo‘lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo‘lish oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilari;
ichki ishlar organlari, davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibiga kiradigan, harbiy xizmat majburiyatini bajarish (xizmat vazifasini o‘tash) bilan bog‘liq yarador, mayib bo‘lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo‘lish oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilari;
o‘quv yoki sinov yig‘inlariga chaqirilgan hamda ushbu yig‘inlarni o‘tash davrida xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq yarador, mayib bo‘lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo‘lish oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatga majburlar.

Foydali Maslahatlar
Avtomobilь benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi to‘lovini tayinlash