AVTOMATIK TOʻXTATGICH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVTOMATIK TOʻXTATGICH haqida malumot bilib oling.

AVTOMATIK TOʻXTATGICH («Avtostop») — 1) poyezd «yoʻl berk» signaliga yaqinlashganda uni oʻz-oʻzidan toʻxtatadigan qurilma. Avtomatik toʻxtatgich temir yoʻl izi orqali yoʻl signallari bilan hamda lokomotivdagi havo tormozi bilan bogʻlangan. Yoʻl berk boʻlsa, svetoforning signali lokomotivdagi tegishli moslamaga taʼsir qilib, poyezdni toʻxtatadi. Mashinist svetofor signalini sezmay qolgan hollarda Avtomatik toʻxtatgich avariyaning oldini oladi; 2) mashinasozlikda — mashina qismi yoki dvigatelini avtomatik tarzda toʻxtatish mexanizmi.

Ensiklopediya.uz
AVTOMATIK TOʻXTATGICH