AVTOMASHINASI BORLARGA BOLA PULI BЕRILMAYDIMI. to’liq malumot oling

AVTOMASHINASI BORLARGA BOLA PULI BЕRILMAYDIMI. to’liq malumot oling

AVTOMASHINASI BORLARGA BOLA PULI BЕRILMAYDIMI.

⚡️SAVOL;

Bizni neksiya rusumli yili eski avtomashinamiz bor. Yaqinda bola puli olish uchun mahallaga ariza bermoqchi bo‘lsam sizlarda mashina borligi uchun pul berilmaydi deyishdi shu to‘g‘rimi ?

⚡️JAVOB;

Vazirlar Mahkamasining 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, ariza beruvchi yoki uning oila a’zolarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z nomiga rasmiylashtirilgan yoki bosh ishonchnomaga asosan quyidagilar mavjud bo‘lganda:

✅ ishlab chiqarilgan muddati 7 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yengil avtotransport vositasi;

✅ ishlab chiqarilgan muddati 15 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yuk tashuvchi avtotransport vositasi, avtobus, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi; (Qoil, birorta texnika tushib qolmasin deb «Va boshqa» deb xam ketilibdi)

✅ jami ikki va undan ortiq, texnik holati soz bo‘lgan yengil va yuk tashuvchi avtotransport vositalari, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikalari mavjud bo‘lganda bola puli va moddiy yordamni tayinlash rad etiladi deb ko‘rsatilgan.

✏️ Meni ko‘zim qamashib ketyabdi nimalar yozilganini o‘zingiz xam yaxshilab o‘qib chiqarsiz. Nima xam derdik qaror qat’iy shikoyatga o‘rin yo‘q. Bola puli olish uchun kombayin nima qilyabdi buyerda hayronman. Moddiy yordam uchun ekskovatorni nima daxli bor ungayam hayronman. O‘ziga to‘q yashayotgan odam shunday xam moddiy yordam yoki bola puli uchun ariza bermaydi. Undan ko‘ra qarorga katta qilib berilmaydi bola puli deyilgan yozuvni yozib qo‘ygan ham yaxshiroq…

Yuridik
AVTOMASHINASI BORLARGA BOLA PULI BЕRILMAYDIMI.