Avtokredit olish uchun talab qilinadigan hujjatlar bilan tanishing to’liq malumot oling

Avtokredit olish uchun talab qilinadigan hujjatlar bilan tanishing to’liq malumot oling

Avtokredit, odatda, birlamchi bozordan yengil va yuk avtomobillarini rasmiy dillerlardan sotib olish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladi.

Avtokredit garov (zalog) ta’minoti ostida beriladi. Avtomobil kreditida garov ta’minoti sifatida quyidagilardan biri yoki bir nechtasi qabul qilinishi mumkin:

• mol-mulk garovi (ko‘p hollarda sotib olinayotgan avtomobil garov sifatida qabul qilinadi);

• uchinchi shaxs kafilligi;

• asosiy ish joyida barqaror daromadga ega bo‘lgan ikki jismoniy shaxsning kafilligi;

• sug‘urta polisi.

Avtokredit olishga buyurtma berish uchun talab qilinadigan hujjatlar’:

— avtosalon bilan tuzilgan shartnoma;

— pasport va uning nusxasi;

— oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari haqidagi ish joyidan olingan ma’lumotnoma;

— kreditning qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar.

tijorat banklari ichki kredit siyosati talablaridan kelib chiqib, qo‘shimcha hujjatlar talab qilishi mumkin.

manba:carzone.uz

Boshqa mavzular
Avtokredit olish uchun talab qilinadigan hujjatlar bilan tanishing