Avtokredit necha foizdan va kimlarga beriladi ? to’liq malumot oling
🟢 Avtokredit necha foizdan va kimlarga beriladi ?
✅ Avtokredit iste’mol krediti xisoblanadi. Iste’mol krediti jismoniy shaxsga uning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir.
✅ Avtokredit o‘z faoliyati natijasida olingan daromadlarga, pensiya va boshqa daromadlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga beriladi.
✅ Avtokredit O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yengil avtomashina sotib olish uchun ularni ishlab chiqaruvchi yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning bankdagi hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
✅ Jismoniy shaxslarga avtokredit berish tartibi (foiz, muddat, boshlang‘ich badal va boshqalar) har bir bankning kredit siyosatiga asosan belgilanadi.
✏️ Foiz, muddat va boshlang‘ich badal bankni kredit siyosatiga asosan belgilanadi degani bu; o‘sha bank avtokreditni qancha muddatga, boshlang‘ich badali va necha foizdan berishini o‘zi xal qiladi degani ya’ni, fuqarolarga avtokredit berish uchun foiz, muddat va boshlang‘ich badalni qonunchilikda aniq belgilangan miqdori mavjud emas. Ular o‘rtasidagi raqobat bu foizlarni belgilab beradi.
Yuridik
Avtokredit necha foizdan va kimlarga beriladi ?