AVTOKLAV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVTOKLAV haqida malumot bilib oling.

AVTOKLAV (avto… va lot. clavis — kalit) — kimyoviy va fizik jarayonlarni (aksari, qizdirish, qaynatishni) yuqori bosimda olib borish, shuningdek tibbiy asboblar va boglov materiallarini sterillash uchun ishlatiladigan apparat. Oziq-ovqat, farmatsevtika, tibbiyot, kimyo sanoatida qoʻllaniladi. Avtoklavda bosimva t-ra taʼsirida mahsulotni sterillash, pishirish yoki quyultirish mumkin. Uning ichki sirti emal bilan qoplanadi. Qaysi sohada ishlatilishiga qarab, Avtoklav turli bosim va t-rada ishlaydi. Odatda Avtoklav silindr shaklida boʻladi, ichiga doira shaklli yaxlit bugʻ gʻilofi joylanadi. Avtoklav manometr, termometr va soat bilan taʼminlanadi.

Ensiklopediya.uz
AVTOKLAV