AVTOGENEZ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVTOGENEZ haqida malumot bilib oling.

AVTOGENEZ (avto… va yun. genesis – tugʻilish, paydo boʻlish) — evolyutsion taʼlimotdagi idealistik konsepsiya. A. taʼlimotiga binoan evolyutsiya organizmlarning dastlabki ichki potensial imkoniyatlari asosida yuz beradigan, oldindan belgilab qoʻyilgan jarayondan iborat. Avtogenez organizmlarning tarixiy va individual rivojlanishini faqat ichki, avtonom omillar taʼsiri deb tushuntiradi. J. B. Lamarkning gradatsiya, G. Osbornning aristogenez, E. Kopning batmogenez, T. Eymerning ortogenez, L. S. Bergning nomogenez nazariyalari avtogenetik xususiyatlarga ega. Avtogenez taʼlimotining tarafdorlari evolyutsiyaning avtogenetik mohiyatini isboti tariqasida evolyutsiyadagi parallelizm va konvergensiya hodisalarini dalil qilib koʻrsatishadi. Avtogenez ektogenezga qarshi qoʻyiladi.

Ensiklopediya.uz
AVTOGENEZ