AVTOBUS haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVTOBUS haqida malumot bilib oling.

AVTOBUS (avto (mobil) va lot. (omni) dus — hamma uchun) — 9 va undan ortiq oʻrinli yoʻlovchilar tashiydigan avtomobil. Vazifasiga koʻra, shahar A. lari, shaharlararo Avtobuslar, shahar atrofi Avtobus lari va maxsus Avtobus larga boʻlinadi. Shahar Avtobuslari aholi yashaydigan punktlarda, shaharlararo Avtobuslar aholi yashaydigan punktlar orasida yoʻlovchilarni tashiydi. Maxsus Avtobuslar sayyoxlar, dam oluvchilar, samolyotga chiquvchilar, ayrim idoralar va b. uchun moʻljallangan. Shaharlararo Avtobusda yukxona boʻladi va oʻrindiqlari uxlab ketish uchun moslashtiriladi. Avtobuslar ikki qavatli qilib ham ishlanadi. Avtobuslar qishda isitiladi, yezda esa shamollatib turiladi. Avtobuslar 110 km/soat gacha tezlik bilan yura oladi. Avtobusning oʻlchami (uzunligi) 5 m dan ( mikroavtobuslar) 24 m gacha (qoʻsh A. lar). Oʻzbekistonda avtobus ishlab chiqarish istiqlol yillaridagina yoʻlga qoʻyildi.

1999-y. dan Samarqand sh. dagi «Sam-KochAvto» qoʻshma korxonasida shaharlararo qatnashga moʻljallangan M 23.9 (23 oʻrindikli; dvigatelining quvvati 65 kVt, maksimal tezligi 95 km/ soat) va M 29 (29 oʻrindiqli; dvigatelining quvvati 84,6 kVt, maksimal tezligi 105 km/soat) rusumli, shuningdek shahar ichida qatnashga moʻljallangan M 24.9 (23 oʻrindiqli, dvigatelining quvvati 65 kVt, maksimal tezligi 95 km/soat) rusumli Avtobus ishlab chiqariladi. Yana q. Avtomobil, Avtomobil sanoati.

Ensiklopediya.uz
AVTOBUS