AVTOBACHI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVTOBACHI haqida malumot bilib oling.

AVTOBACHI — Karmana-Navoiy va Buxoro vohalari oraligʻidagi plato. Zarafshon daryosining shim. da joylashgan. A. Zarafshonning qad. allyuviy yotqiziklaridan tashkil topgan. Allyuvial yotqiziqlarni Zarafshon daryosi kesib oʻtib, shim. da Avtobachi va jan. da Kiziltepa platolarini hosil qiladi.

Avtobachi yon-atrof tekisliklaridan 4—5 m koʻtarilgan. Echkili dashti deb atalgan gʻarbiy qismi bora-bora Qizilqumga tutashib ketgan. Avtobachining usti yassi tekislik, unda yotiq yon bagʻirli va yassi tubli pastqamliklar mavjud boʻlib, bir vaqtlar suv oqqan oʻzanlarning izlari saqlangan. Tubi taqirli botiqlar ham bor. A. neogen davrining qum-tosh, gil, mergel jinslari, Zarafshon daryosining qad. silliqlangan shagʻal toshlaridan iborat qisqa antiklinal ustida tarkib topgan. Shagal toshlar 20 m chuqurlikkacha, yaʼni konglomeratlargacha sementlashgan, qatlamlar orasida qumtoshning yupqa qatlamchalari uchraydi. Shagʻal toshlarning yuqori qismi (2 m chuqurlikkacha) gipslashgan. Ular ustida sergips qumoq va qumloqlar mavjud. Grunt suvlari konglomeratlarda 10 — 25 m chuqurlikda shoʻrlangan (1 l suvda 10— 12 g tuz bor), daryo vodiysiga yaqinlashgan sari su-vining shoʻrligi kamayadi. Avtobachida shoʻrtob boʻz-qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan, tarkibida gips miqdori koʻp (20—30% va undan ziyod). Biyurgʻun, boyalich, shuvoq va b. choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Yaylov chorvachiligida foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
AVTOBACHI