Avto kredit berayotgan Banklar
O‘zbekistonda 2019-yilga nisbatan avtokreditlarni berish shartlari qanchalik o‘zgarganligi tahlil qilindi. «Spot» nashrining yozishicha, 2019-yil dekabr oyida avtokredit bo‘yicha qarzdorlar soni 2,7 baravarga o‘sgan. 2019-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 85 mingta avtomobil qarzdorligi bor edi. Bu 2018-yilning shu davriga nisbatan 2,9 va 2017-yilga nisbatan 12 baravar ko‘p. Yopilmagan avtokreditlarning umumiy soni 4519 ni tashkil etdi, bu 2018 yilga nisbatan 2,7 baravar, 2017-yilga nisbatan 19 baravar ko‘p. 16 bank 2020-yil yanvar oyida avtokreditlarga bo‘lgan yuqori talabni qondirishga tayyor. 2019-yildan asosiy farq — bu stavkalarning oshishi. Agar o‘tgan yili bu ko‘rsatkich o‘rtacha 25–27 foizni tashkil yetgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich deyarli 30 foizni tashkil etadi. Barcha banklar shartlariga ko‘ra oldindan to‘lovni amalga oshirish lozim. Qoida tariqasida, bu avtomobil narxining 30 foizini tashkil etadi, garchi undan ko‘proq yoki kamroq variantlar bo‘lsa ham. Bir nechta banklar avtokreditlar taklif qilishmoqda — ular bo‘yicha foiz stavkasi omonat miqdori va kredit berish muddatiga qarab o‘zgaradi. E’tibor bering: ma’lumotlar ushbu maqola nashr etilgunga qadar tegishli bo‘lib, faqat ma’lumot sifatida taqdim etiladi. Kredit shartlari o‘zgarishi mumkin. Ma’lumotlarni banklarning o‘zida aniqlashtirish tavsiya etiladi.Avto kredit berayotgan Banklar
DO`STLARGA ULASHING:
Bank
Muddati
Boshlang‘ich to‘lov
Foizi
Asia Alliance Bank
12 oydan 36 oygacha
25%dan
27%dan
31%gacha
«Ipoteka-bank»
12 oygacha
40%dan
30%
«O‘zpromstroybank»
12, 24 va 36 oygacha
25%dan
28% dan 31,9%gacha
Bank «Ipak Yo‘li»
36 oygacha
40%dan
23,8%
«Agrobank»
12 va 24 oygacha
50%dan
28% va 30%
«Kapitalbank»
12 oygacha
30%dan
24%
«Universalbank»
36 oygacha
30%dan
42%
«Trastbank»
36 oygacha
30%dan
24%dan
28%gacha
«Turkistonbank»
36 oygacha
30%dan
28%dan
30%gacha
«Davrbank»
35 oygacha
30%dan
30%
Ravnaq Bank
12 va 36 oygacha
30%dan
28%dan
32%gacha
Orient Finans Bank
48 oygacha
25%dan
26%dan
28%gacha
«Savdogarbank»
30 oygacha
30%dan
30%
«Hamkorbank»
36 oygacha
30%dan
30%
Ziraat Bank Uzbekistan
12, 24 va 36 oygacha
30%dan
24%dan
27%gacha
Tenge Bank
36 oygacha
30%dan
25,9%gacha
Avto kredit berayotgan Banklar